Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yetishtirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinib, amalda tadbiq etilmoqda



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə73/168
tarix02.01.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#41800
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   168
ҚХМСваДИТ маруза 2020(4)

Urug‘larning yetilishi

Moyli urug‘lar dalalardan yig‘ishtirib olingandan so‘ng, ularning texnologik xususiyatlarini yaxshilash uchun amalga oshiriladigan tadbirga urug‘ni yetiltirish deb aytiladi. Bu jarayon 1,5-2 oy davom etadi.

Urug‘ butada o‘sish vaqtida unda to‘planadigin zaxira ozuqa moddalarni o‘simlik tanasidan oladi, u texnik pishib yetilgandan so‘ng yig‘ishtirib olinadi. Shundan keyin urug‘da to‘plangan moddalar maxsus usullar yordamida to‘liq shakllantiriladi. Urug‘ning yetilish jarayoni uning tarkibidagi moddalarning o‘zaro almashinishi natijasida ro‘y beradi.

Urug‘ yig‘ishtirilgandan so‘ng uning yetilishini normal borishini ta‘minlash uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur:

-urug‘ning namligini kritik namlikgacha pasaytirib fermentativ jarayonlarni sintezlanish yo‘nalishiga yunaltirish;

-urug‘ning va atrofdagi atmosfera haroratini optimal darajada ushlash,chunki harorat past bo‘lsa modda almashinishi sekinlashib yetilish uzoq davom etadi,agar harorat +40°C dan oshsa urug‘ tarkibidagi oqsillar denaturatsiyalanib fermenlar faoliyati to‘xtaydi va urug‘ o‘ladi.

- urug‘ massasi to‘liq miqdorda toza havo yetkazishni ta‘minlash zarur, chunki bunda urug‘ kislorodni yutib issiqlik va karbonad angidrid gazini chiqaradi.

Buning uchun urug‘lar past uyum qilib saqlanib, quritish, aktiv shamollatish va og‘darish orqali yetiltiriladi. Yetilgan urug‘da biokimyoviy jarayonlar sekinlashib, moylar to‘liq shaqillanib urug‘ uzoq mudatda sifati buzilmasdan saqlanish xususiyatiga ega bo‘ladi.

Moyli urug‘lar o‘z-o‘zidan qizishida boshlanishida biokimyoviy jarayon ro‘y beradi, harorat ma‘lum bir miqdorda yetganda, fermentlar inaktivatsiyalanadi va kimyoviy jarayonlar ro‘y beradi. Buning natijasida yog‘lar parchalanadi va moyning kislota soni oshadi, yog‘lar tarkibidagi organik moddalar kislorod ta‘sirida oksidlanadi, rang beruvchi moddalar, oqsil moddalar ham o‘zgarishga uchraydi.Buning natijasida urug‘ tarkibidagi moyning miqdori kamayadi, olinadigan moyning sifati yomonlashadi.

Moyli urug‘larning o‘z-o‘zidan qizishi bu fermentlar faoliyati mikroorganizmlar faoliyati, namlik va atrof-muhitning harorati namligi va gaz tarkibi ta‘sirida ro‘y beradi.




Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin