Haroratning ta‘siri. Urug‘ massasining harorati urug‘ning mikroflora va zarar-kunandalarning xayot faoliyatini aktivlikligiga ta‘sir etuvchi muhim faktorlardan biri bo‘lib, haroratning ma‘lum bir miqdorgachasi urug‘ tarkibidagi ham komponent-larning nafas olishi tezlashtiriladi. Harorat 50-55°C gradusga yetganda urug‘ tarkibidagi oqsillarning denaturatsiyalanishi va fermentlarning inaktivatsiyallanishi natijasida nafas olish sekinlashadi va to‘xtaydi, urug‘ o‘ladi. Shuni qayd qilib o‘tish zarurki past urug‘ massasini nafas olish aktivligi pasayadi. Hatto namligi va iflosligi katta bo‘lgan urug‘larda harorat +5°C dan past bo‘lganda ularda nafas olish sekinlashadi.
Haroratning ko‘tarilishi urug‘ning nafas olishini tezlashtiradi va undagi komponentlarning xayot faoliyatini o‘zgarishi haroratning ta‘sir vaqtida bog‘liq. Urug‘ning namligi qancha yuqori bo‘lsa, unga haroratning ko‘tarilishi shuncha tez ta‘sir etib nafas olish tezligi shuncha tez pasayadi. Shu sababdan ham optimal harorat urug‘ning namligiga bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: |