Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yetishtirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinib, amalda tadbiq etilmoqda


Moyli xom ashyoni saqlashda ro‘y beradigan jarayonlar



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə66/168
tarix02.01.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#41800
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   168
ҚХМСваДИТ маруза 2020(4)

Moyli xom ashyoni saqlashda ro‘y beradigan jarayonlar

Moyli xom ashyolar dalalardan yig‘ishtirib olingandan so‘ng, uning tarkibidagi moy moddasi to‘liq shakllanishi uchun u ma‘lum muddatda saqlanadi. Xom ashyodan moyni shakllanishi uchun ma‘lum bir sharoit yaratiladi. Xom ashyoda moyning shakllanishi moyli urug‘ning pishib yetilganligiga bog‘liq. Agar moyli urug‘ sifatli pishib yetilgan bo‘lsa unda moyning shakllanishi tez bo‘ladi. Agar moyli urug‘ ob -havoning noqulay kelishi (sovuq urishi, namgarchilikni ko‘p bo‘lishi va boshqa) natijasida to‘liq pishib yetilmagan bo‘lsa, bunday urug‘larda moyning shakllanishi uchun ma‘lum bir sharoit yaratiladi. Mana shu moyli urug‘ida moyning shakllanishi vaqtida sharoitning turlicha bo‘lishi, moyli urug‘da turli buzilish jarayonlarni ro‘y berishga olib keladi. Bu buzilish jarayonlari quyidagilar:

Moyli xom ashyo tarkibidagi fermentlarning natijasida ro‘y beradigan buzilish jaryonlar, bunda urug‘ tarkibidagi organik moddalar parchalaniladi (nafas olish, yog‘larning parchalanishi);

Tashqi muhitdan kirgan tirik mikroorganizmlar (bakteriyalar, mog‘or zamburug‘lar), zararkunanda, xasharotlarning xayot faoliyati natijasida ro‘y beradigan buzilish;

Kimyoviy reaktsiyalar natijasida ro‘y beradigan buzilish. Bu buzilish jarayoni birinchi va ikkinchi bandlarda ko‘rsatilgan buzilish jarayonlarining jadal ketishi natijasida urug‘da o‘z-o‘zidan qizishi natijasida haroratni kutarilishi sababli ro‘y beradigan buzilish.

Moyli urug‘larni xususiyatlari va ularning saqlash sharoitiga qarab uchala buzilish jaraeni bir vaqtda va aloxida–aloxida ro‘y berishi mumkin.




Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin