Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yetishtirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinib, amalda tadbiq etilmoqda


Urug‘ va uning tarkibidagi moyning sifatli saqlanishiga ta‘sir etuvchi faktorlar



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə65/168
tarix02.01.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#41800
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   168
ҚХМСваДИТ маруза 2020(4)

Urug‘ va uning tarkibidagi moyning sifatli saqlanishiga ta‘sir etuvchi faktorlar:

-urug‘ massasining va uning aloxida qismlarining namligi;

-urug‘ va uning atrofidagi harorat;

-urug‘lar orasidagi va atrofdagi havo tarkibidagi gazlar tarkibi;

-urug‘ massasining va uning aloxida qismlarining pishib yetilganligi;

-namlikning tekis taksimlanishi va urug‘ massasining bir xilligi;

-begona va moyli aralashmalar;

-mikrofloralar bilan zararlanganligi va ularning xayot faoliyati;

-urug‘ massasi tarkibida zararkunanda xasharotlarning borligi;

-urug‘ni yig‘ishtirish va undan keyingi ishlov berish shart-sharoiti, ob-havo va boshqalar.

Urug‘ massasining va uning aloxida qismlarining namligining yuqori bo‘lishi, uning saqlanishiga ta‘sir etadigan asosiy faktorlardan biridir.

O‘simlik tanasi to‘liq pishib yetilgan urug‘ning namligi past va uning nafas olishi sekin bo‘ladi. Bunday urug‘lar tarkibidagi boshqa komponentlarning hayot faoliyati ham sekin boradi. Urug‘ning tarkibida namlik oshib ketsa uning nafas olishi tezlashadi, urug‘da biologik jarayonlar aktivlashadi va urug‘ tuqimalariga erkin suv hosil bo‘lib u kimyoviy reaktsiyalarda ishtirok etib zaxira moddalar ya‘ni moylarni sarflanishiga olib keladi.

Urug‘da erkin suv hosil bo‘ladigandagi namlik kritik namlik deb aytiladi. Kritik namlikni qiymati urug‘ning kimyoviy tarkibiga bog‘liq bo‘lib, urug‘ning moyliligi qancha oshsa uning kritik namligi ham past bo‘ladi. Tekshirishlardan ma‘lum bo‘lishicha, urug‘larning kritik namligi 14,5 foizgacha bo‘ladi.

Urug‘ namligining kritik namligidan yuqori bo‘lishi unda nafas olish jarayonining jadallashishi natijasida urug‘ massasida namlik va issiqlikning hosil bo‘lishiga, buning natijasida urug‘da xayot faoliyatining aktivlashishiga va zararkunanda va mikrofloralarning rivojlanishiga olib kelib, urug‘ massasining mog‘orlashishiga, qizishiga va chirishiga olib keladi.

O‘z-o‘zidan qizish urug‘ning sifat ko‘rsatkichlarini rangi, xidi, massasini, texnologik, oziqali xususiyatlari pasayishiga, moyning kislota sonining oshishiga va uning deffektli bo‘lishiga olib keladi. Deffektli urug‘ni qayta ishlash juda qiyin bo‘lib, bunda moyning yo‘qolishi ko‘payadi. Bunday urug‘dan olingan moy faqat texnik maqsadlarda ishlatiladi. Olingan shluxa va kunjaraning oziqaligi past bo‘lib, ayrim hollarda ular zaxarli bo‘lib, chorva mollari oziqalikga yaramaydi.


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin