Bir xil partiyadagi xom ashyoni shakllantirish
Xom ashyoni partiyalarga yaqilantirish asosiy qoidalar. Urug‘larning sifati va xususiyati har xil bo‘lganligi sababli moyli xom ashyolardan moy olishda ishlab chiqarishni bir ma‘romda ishlashini ta‘minlash bir xil partiyadagi mahsulotlarni shakllantirishga bog‘liq, bunday partiyani shakllantirish quyidagilarga asoslangan:
-partiyadagi mahsulotni ma‘lum bir maqsadda ishlatish (saqlash, qayta ishlash, ma‘lum bir navdagi mahsulot olish va bosh);
-partiyadagi mahsulotni saqlashda chidamliligi;
-mahsulotni saqlashga tayyorlashni uziga xosligi (tozalash, quritish, dezinfektsiyalash);
-urug‘larni bir xil yoki yaqin holatga keltirish;
-mahsulotni saqlash vaqtida uni sifatini yaxshi holatga olib kelish;
-mahsulotdagi maxsus belgilar (sovuk urgan, pishib yetilmagan, mikrofloralar yoki zararkundalar bilan zararlangan) ni hisobga olish;
-mahsulotni o‘z-o‘zidan qiziganligini va kamchiligi borligini tasdiqlanganligini hisobga olish.
Har bir partiyadagi mahsulotni shakllantirishda uning quyidagi ko‘rsatkichlari namligi, aralashmalar miqdori, xasharot, zararkunandalar va mikrofloralar bilan zararlanganligi, harorati, botanik xususiyatlari, bir xilligi hisobga olinadi.
Texnologik normalarga asosan moyli xom ashyolar ular fiziologik pishib yetilmasdan ya‘ni texnik pishib yetilganda yig‘ishtiriladi, bunda ularning namligi yuqori sistemasi aktiv holda bo‘lganligi sababli biokimyoviy jarayonlar jadal boradi. Shu sababdan ham bunday urug‘lar saqlashga chidamsiz, urug‘da xayotiy jarayonlarning borishi natijasida va mikroorganizimlarning faoliyati natijasida ortiqcha namlik va issiqlik hosil bo‘lib, urug‘ mog‘orlaydi va o‘z-o‘zidan qiziydi.
Dostları ilə paylaş: |