Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yetishtirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinib, amalda tadbiq etilmoqda


Yog‘-moy korxonalarining xom ashyoni saqlash xo‘jaliklarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə60/168
tarix02.01.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#41800
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   168
ҚХМСваДИТ маруза 2020(4)

Yog‘-moy korxonalarining xom ashyoni saqlash xo‘jaliklarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

-har bir partiyadagi moyli xom ashyoni sifatini va miqdorini aniqlash;

-har bir partiya qabul qilinadigan xom ashyoni bevosita qayta ishlashga yoki uzoq muddatda saqlash uchun zarur bo‘lgan jarayonlarni belgilash;

-sifati va xususiyatlari bir xil bo‘lgan ko‘p miqdordagi xom ashyo partiyalarini shakllantirishni tashkil etish;

-korxonani xom ashyo bilan uzluksiz ta‘minlash;

-tayyorlov korxonalaridan xom ashyoni isrofgarchiliksiz qabul qilish;

-saqlash vaqtida, saqlashga tayyorlashda xom ashyoni sifatini oshirish (tozalash, quritish);

-saqlash jarayonini to‘g‘ri tashkil etish;

-xom ashyoni sifatini, xususiyatlarini va qayta ishlashga yuborishni hisobga olgan holda har bir partiyani omborga aloxida joylashtirish va saqlash.

Moyli xom ashyolarni saqlashda va ishlab chiqarishga tayyorlashdagi bajariladigan ishlar bir-biri bilan bog‘liq bo‘lsada, ular hamma hollarda ham to‘g‘ri kelmaydi. Misol uchun kungaboqar urug‘ining namligi uzoq muddatda saqlashda (6-7%) va qayta ishlashga yuborishda (8%) bir-biridan farq qiladi.

Moyli xom ashyoni qabul qilish va saqlashga tayyorlash, xom ashyodan namuna olish va sifatini aniqlash, miqdorini o‘lchash, transportdan tushirish, tozalash, quritish va uni omborga joylashtirish jarayonlaridan tashkil topgan.

Moyli xom ashyolarni yig‘ishtirish vaqtida yog‘-moy korxonalariga qisqa vaqt ichida ko‘p miqdordagi pishib yetilish darajasi, namligi, navi turlicha bo‘lgan va saqlashga chidamsiz bo‘lgan mahsulot keltiriladi, bunday mahsulotlarda tezda mog‘orlash va o‘z-o‘zidan qizish jarayonlari ro‘y beradi, natijada mahsulot tarkibidagi quruq moddalarning yo‘qolishi va moyning sifatini pasayishi kuzatildi. Eksport bo‘yicha kelgan urug‘larga qushimcha talablar quyiladi, (masalan, toksin va zaxar moddalarning mavjudligi).

Asosan moy olish uchun yetishtiriladigan (kungaboqar, soya, maxsar, kunjut va boshqa) xom ashyolar eng avvalo tayyorlov korxonalarda va undan keyin yog‘-moy korxonasiga olib kelinadi.


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin