Adabiyotlar: 1,2,3,5
Tayanch so‘z va iboralar: partiya, fiziologik yetilish, texnik yetilish, texnik chigit, fermentlar, mikroorganizmlar, aerob va anaerob nafas olish, kritik namlik. mexanizatsiyalashtirilgan va mexanizatsiyalashtirilmagan omborlar.
Moyli xom ashyoni qabul qilishni tashkil etish
Yog‘-moy sanoati korxonalarida moyli xom ashyolarni saqlash muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ish. Bizga ma‘lumki moyli xom ashyolar asosan bir yillik mavsumiy yetishtiriladigan o‘simlik turiga kiradi. Biologik xususiyatlarga ko‘ra moyli urug‘lar qiyin saqlanadigan xom ashyo hisoblanadi. Yog‘-moy korxonalarini bir maromda ishlashini ta‘minlash uchun, ularda eng kamida ikki oyga yetadigan xom ashyo zaxirasi va shuncha sig‘imga ega bo‘lgan omborlar bo‘lishi kerak. Paxta chigitidan tashqari boshqa urug‘lar (kungaboqar, soya, maxsar, raps va boshqa) bir vaqtning o‘zida ko‘p miqdorda yig‘ishtirib olinib qayta ishlashga olib kelinadi, shu sababdan ham ularni sifatli saqlashni tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Paxta esa yig‘ishtirilgandan keyin tolasini ajratish uchun paxta zavodlariga va tolasi ajratilgan paxta chigitini birin ketinlik bilan yog‘-moy zavodlariga keltiriladi.
Dostları ilə paylaş: |