Saqlanadigan moyli urug‘larning tavsifi
Yog‘-moy sanoati korxonalarida xom ashyo sifatida ishlatiladigan moyli xom ashyolar mavsumiy bo‘lib, ular dalalarda yig‘ishtirilgandan so‘ng, 2-3 oy ichida korxonada keltiriladi. Korxonada bir yilda ishlatiladigan xom ashyoning 30-90 foizini 2-3 oy ichida qabul qilinadi. Bu xom ashyoni korxona yil davomida qayta ishlaydi. Moyli urug‘ tirik organizm bo‘lganligi sababli yig‘ishtirilib olingandan so‘ng ham uning tarkibidagi zaxira moddalar hisobidan nafas olish, yetilish va boshqa tabiiy jarayonlar sodir bo‘ladi.
Moyni qayta ishlovchi va moyli xom ashyolar tayyorlovchi korxonalarga:
-sifati turli-tuman bo‘lgan urug‘lar;
-daladan toza yig‘ishtirilgan iflos va nam, turli darajalarda sifati turli tuman bo‘lgan urug‘lar;
-talab qilingan sifatdagi yig‘ishtirilgandan keyin yetilishdan utgan, turli ifloslik va namlikdagi urug‘lar;
-standartga to‘g‘ri kelmaydigan urug‘lar;
-kamchiligi bor urug‘lar olib kelinadi.
Yaxshi sifatli toza yig‘ishtirilgan va yetishtirilgan urug‘lar saqlanadigan va uzoq muddatda saqlashga chidamli bo‘ladi.
Kamchiligi bor, zararkunandalar bilan zararlangan va boshqa urug‘lar yaxshi sifatli urug‘lardan aloxida saqlanadi va imkoniyat bo‘lishi bilan birinchi navbatda qayta ishlanadi.
Ko‘p miqdordagi urug‘ning kam xarajat qilib sifatini buzmasdan saqlashni tashkil etish uchun, urug‘ning xususiyatlari va unga ta‘sir etadigan faktorlar to‘g‘risidagi tushunchaga ega bo‘lishi zarur.
Urug‘ massasi tarkibida turli o‘lchamdagi moyli urug‘, turli o‘lchamdagi mineral, organik va begona o‘simliklar urug‘i; mikrooganizmlar va zararkunandalar; urug‘lar orasida havo bo‘ladi. Bunday moddalarning urug‘ tarkibida bo‘lishi, bu urug‘ni saqlashga tayyorlashda e‘tiborga olinishi talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: |