Yanchilmani qovurish jarayoni
Qovurishning ikkinchi davrida namlangan talqonni 105°C gacha qizdirish va quritish jarayoni amalga oshiriladi. Bunda qovurilgan tayyor mezganing namligi va harorati undan presslash orqali moy olishda zarur bo‘lgan fizik-mexanik hususiyatga yetish darajasiga yetkaziladi. Bu davrda:
a) talqon zarralari moyni yaxshi siqib chiqarish uchun zarur bo‘lgan holatgacha maydalanadi, bunda pressdan juda kam tovar to‘kiladi;
b) jarovniyaning ustki qatlamidagi zarralar ostki qatlam zarralarining qurishi natijasida hosil bo‘lgan bug‘ bilan namlanib, qisman bo‘kadi.
Mag‘iz talqoni ma‘lum bir qalinlikda (300 mm va undan ortiq) qovuriladi, bunda uning strukturasi o‘zgarishi bilan birga, fizik-kimyoviy jarayonlar ro‘y beradi, ya‘ni moyning qovushqoqligi kamayadi,uning oquvchanligi ortadi. Mag‘izdagi harakatchan oqsillar o‘zgaradi. Oqsil moddasi zarrachalarining sirtida moyni ushlab turuvchi sirti molekulyar kuchlarning kamayishi natijasida, mezgani presslagan vaqtda moyning ajralib chiqishi osonlashadi. Qovurilgan tayyor mezgani (tovarni) namligi va harorati quyidagicha bo‘ladi:
Qovurish qozonidan pressga tushayotgan mezga nam bo‘lsa, pressda ezilmasdan chiqib ketaveradi, moy chiqishi qiyin bo‘ladi. Agar u juda qurib qolsa kunjaraning sifati yomonlashadi va unda moy ko‘p qolib ketadi. Shu sababdan ham mezganing namligi yuqorida ko‘rsatilgandek bo‘lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |