Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yetishtirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinib, amalda tadbiq etilmoqda


Mistsella va shrotni qayta ishlash usullari va qurilmalari



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə143/168
tarix02.01.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#41800
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   168
ҚХМСваДИТ маруза 2020(4)

3.Mistsella va shrotni qayta ishlash usullari va qurilmalari

3.1. Mistsellani qayta ishlash usullari. Uzluksiz ishlovchi ekstraktordan kelayotgan moyda ekstraktsiya qilinayotgan material zarralari anchagina bo‘ladi, bu zarralar moyga aralashib keladi. Mistsella qayta ishlangan paytda bu zarrachalar distillyatorga tushadi va distillyatorning ichki yuzasiga yopishib qoladi, natijada issiqlik berish koeffitsienti kamayib ketadi va yog‘ning sifati pasayadi. Shuning uchun uzluksiz ishlovchi ekstraktsiya qurilmasida moy qanday filtrlanayotganiga alohida e‘tibor berish kerak.

Filtrlangan toza mistsella gorizontal tsilindr shaklidagi po‘lat idishga oqib tushadi, bu idishning g‘hajmi 9,9 m3, diametri 1700 mm va uzunligi 4400 mm, misqellosbornik deb shu idishga aytiladi. Mistsellosbornikning yuqoridagi qismida benzin bug‘i ekstraktsiya tsexining havo yo‘liga chiqib ketadigan va moy keladigan patruboklar hamda lyuklar bor. Apparatning devoridagi patruboklar moy olish va sath ko‘rsatuvchi shisha nay o‘rnatish uchun mo‘ljallangan; pastki qismidagi Patrubokdan esa apparat ichidagilar bo‘shatib olinadi. Mistsellosbornik ishlab turganda moyning sathi doimo kuzatiladi va apparat tubiga cho‘kib qolgan suv bilan quyqa vaqt-vaqti bilan tushirib yuboriladi.

Moy tarkibidan moyni ajratish uchun (benzin) bug‘ holatiga o‘tkaziladi. Bu jarayon distillyatsiya deb aytiladi. Moyni kuchsiz suv bug‘i bilan qizdirilganda suyuqlik ustidagi bug‘ fazada faqatgina bitta komponentning bug‘lari ya‘ni benzin bug‘lari bo‘ladi. Ma‘lumki, distillyatsiya jarayonida bug‘ faza ostidagi suyuq fazada, suyuq faza tarkibidagi hamma kompenentlar ularning bug‘lanish haroratiga ko‘ra turli bug‘ bilan qizdirib ajratish jarayoni bug‘latish jarayoniga o‘xshab ketadi. Ammo, lekin bug‘latish usulida moy tarkibidan benzinni to‘liq ajratib bo‘lmaydi. Erituvchini ajratish jarayonida, moyni kontsentratsiyasi oshadi, buning natijasida uning qaynash harorati keskin ko‘tariladi va buning natijasida moy termik parchalanishi mumkin, bundan tashqari haroratning ko‘tarilishi moyning sifatiga uning rangini qorayishiga olib keladi.


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin