Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yetishtirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinib, amalda tadbiq etilmoqda


Toza yig‘ishtirilgan urug‘larning xususiyatlari



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə62/168
tarix02.01.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#41800
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   168
ҚХМСваДИТ маруза 2020(4)

Toza yig‘ishtirilgan urug‘larning xususiyatlari. Toza yig‘ishtirilgan moyli urug‘ quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega:

-quruq moddalarning hosil bo‘lish jarayoni tugagan;

-urug‘dagi moyning kislota soni kichik bo‘lib, qulay sharoitda shu hollarda saqlanishi va ba‘zida kamayishi ham mumkin;

-urug‘ning namligi kamaygan, lekin kritik namlikdan yuqori;

-fermentlar aktivligi to‘liq pishib yetilgan urug‘nikidan katta, shu sababdan ham nafas olish tezligi yuqori;

-to‘liq pishib yetilmaganligi sababli, saqlashga chidamsiz, turli faktorlar ta‘siriga beriluvchan;

-saqlash vaqtida yetarli muhit hosil qilinib urug‘ yetiladi, ya‘ni sintezlanish jarayoni tugaydi va sifati stabillashadi.

Toza yig‘ishtirilgan moyli urug‘ni yig‘ishirgandan keyin uni saqlashga tayyorlashdagi asosiy texnologik talab, birinchidan uning namligi va iflosligi bo‘yicha yig‘ishtirilgandan keyin yetilish jarayoni normal borish holatiga olib kelish va qayta ishlovchi korxonalar talablariga javob berishi holatiga bo‘lishi talab etiladi.

Moyli xom ashyoni topshiruvchidan urug‘ sifatini va miqdori bo‘yicha qabul qilinadi. Har bir partiyadagi urug‘dan (vagondan, avtomashinadan va boshqa) namuna olinib, laboratoriyada namligi, iflosligi (paxta chigitini tukliligi) va boshqa ko‘rsatkichlari aniqlanadi.

Moyli urug‘ ulchab, mashinadan ag‘darilgandan so‘ng uni sifatiga ko‘ra ishlov berishga uzatiladi.

Miqdorini o‘lchagan urug‘ birinchi marotiba dag‘al aralashmalardan va changdan tozalanadi. Quruq, iflos bo‘lmagan urug‘lar vaqtinchalik aktiv shamollatish qurilmalari bilan jixozlangan omborlarda sifati va haroratini kuzatish sharti bilan saqlashga yuboriladi. Namligi yuqori va pishmagan urug‘lar xech qanday saqlanmasdan quritiladi. Urug‘ quritilgandan so‘ng u birinchi marotiba o‘lchami bo‘yicha fraktsiyalarga ajratishga yuboriladi, bunda u mayda pishmagan, xom, puch urug‘larga va yaxshi yetilgan katta butun urug‘larga ajratiladi. Shundan keyin kichik va katta fraktsiyalar ikkinchi marotiba tozalashga yuboriladi. Kichik fraktsiyalardagi urug‘lar aloxida yigiladi va birinchi navbatda qayta ishlashga yuboriladi. Katta fraktsiyadagi tozalangan va xavfsiz namlikgacha quritilgan urug‘lar o‘lchanadi va uzoq muddatga saqlash uchun omborxonaga yuboriladi.

Saqlashdan oldin moyli urug‘larni o‘lchami bo‘yicha fraktsiyalarga ajratish faqat soya va kungaboqar urug‘lari uchun amalga oshiriladi.




Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin