Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(4), April, 2023 35
Ключевые слова: микрофинансирование, микрофинансовые организации, малый бизнес, частное предпринимательство, микрозаймы. THE ROLE OF MICROFINANCE IN SMALL BUSINESS DEVELOPMENT Madgoziev Rustam Kholtojievich, Fergana Polytechnic Institute,
Faculty of “Construction", tutor,
e-mail:
rustammadgoziev1@gmail.com
,
+998 91 106 21 12.
ABSTRACT Today, small business is a necessary element of the socio-economic system, which plays an important role for any country, especially for Uzbekistan. Microcredits perform important social functions, allowing the broad strata of the population to carry out entrepreneurial initiatives. Small business is a necessary element of strengthening the economy to ensure the sustainability of its development. In the context of the structural restructuring of the economy, the sustainable functioning of small enterprises is a priority task both at the regional and national level. Keywords:microfinance, microfinance organizations, small business, private entrepreneurship, microloans. KIRISH Respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari yildan-yilga
oʻz mavqeyini mustahkamlab bormoqda. Ular mahalliy xom ashyo asosida eksportga
yoʻnaltirilgan yoki import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish, isteʼmol
bozorini sifatli tovarlar bilan toʻldirish, aholini ish bilan taʼminlash, shuningdek,
jamiyatga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashda katta foyda keltiradi.
Iqtisodiy oʻsishni taʼminlash, yangi ish oʻrinlari yaratish, bandlik muammolarini
hal etish, aholi daromadlari va farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb
etayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, ragʻbatlantirish
va qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning yaqinda
tasdiqlangan Farmonida aytilganidek, “makroiqtisodiy barqarorlikni yanada
mustahkamlash va iqtisodiy oʻsishning yuqori surʼatlarini saqlash, shu jumladan
milliy valyuta kursi barqarorligini va ichki bozorda narxlar darajasini taʼminlash, bu
bizning eng muhim ustuvor vazifamiz”[4] shuningdek, 2022 — 2026-yillarga
moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasining “Milliy iqtisodiyotni
jadal rivojlantirish va yuqori oʻsish surʼatlarini taʼminlash” uchinchi yoʻnalishida 26-