Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(4), April, 2023 40
Mikromoliyalashtirish-bu hech qanday boshlangʻich kapital va kredit tarixisiz
biznesni boshlashga imkon beradigan, shuningdek kamida uchta vazifani hal qilishga
hissa qoʻshadigan klassik bank kreditining moslashuvchan shakli (1-rasm).
Mikromoliyalashtirish aholini oʻz biznesini ochishga undaydi, bu nafaqat
byudjetning ijtimoiy majburiyatlarini kamaytiradi, balki xususiy biznes va moliya
bozori subyektlaridan soliq tushumlarini ham oshiradi [15]. Yana bir tizimli taʼsir-bu
kichik biznes sohasidagi soya va sudxoʻrlik kapitali darajasini pasaytirish,
tadbirkorlik subyektlarida shaffoflikni oshirish va kredit tarixini shakllantirishga
koʻmaklashish, bu esa biznes hajmi oshgani sayin fond bozorida moliyalashtirishni va
banklardan uzoq muddatli kreditlarni jalb qilishni osonlashtiradi.
1-rasm. Mikromoliyalashtirish vazifalari Mikromoliyalashtirish institutlari va dasturlarini rivojlantirish oʻrta sinfni
shakllantirish, boshlangʻich tadbirkorlarning rivojlanishi uchun sharoit yaratish va
mavjud mikro-korxonalarning yanada oʻsishi uchun muhimdir.
Mikrokreditning mohiyati bajarilgan funksiyalar orqali ifodalanadi. Qayta
taqsimlash, takror ishlab chiqarish, ragʻbatlantirish kabi kreditning asosiy
funksiyalari bilan bir qatorda mikrokreditlar ham ijtimoiy va iqtisodiy funksiyalarga
ega.
Jahon banki 500 milliondan ortiq odam mikromoliyalashtirish bilan bogʻliq
operatsiyalardan bevosita yoki bilvosita foyda koʻrganligini taxmin qilmoqda.
Kambagʻallarga yordam boʻyicha maslahat guruhi (CGAP) 2021-yilga kelib 120
milliondan ortiq odam mikromoliyalashtirish bilan bogʻliq operatsiyalardan bevosita
foyda koʻrganligini taxmin qilmoqda [16]. Bundan tashqari, IFC 30 rivojlanayotgan
mamlakatlarda kredit hisoboti byurolarini tashkil etish yoki takomillashtirishga
yordam berdi [17]. Shuningdek, u rivojlanayotgan mamlakatlarda moliyaviy
faoliyatni tartibga soluvchi tegishli qonunlarni qoʻshishni yoqlaydi [18].