Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(4), April, 2023 42
biri va kichik biznes uchun bank kreditlarining jozibadorligini oshirishga imkon
beradigan kafolatlar shakllaridan biridir.
Koʻpgina mamlakatlarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan kafolat fondlari
kichik va oʻrta korxonalarga kredit olish imkoniyatini beradi, bank va boshqa kredit
resurslaridan faol foydalanish uchun sharoit yaratadi. Ushbu tajriba nafaqat mavjud
kichik biznes subyektlarini qoʻllab-quvvatlaydi, balki yangi korxonalarning paydo
boʻlishini ragʻbatlantiradi. Shunday qilib, tadbirkorlar zarur moliyaviy resurslarni
qulay shartlarda jalb qiladilar va tijorat banklariga kreditni toʻlash xavfi sezilarli
darajada kamayadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning moliyaviy resurslari
bilan taʼminlanishini oshirish maqsadida moliya bozorini yanada liberallashtirish,
ularga xizmat koʻrsatuvchi moliyaviy infratuzilmani yanada takomillashtirish kichik
biznesni moliyaviy resurslar bilan taʼminlash darajasini oshirishga xizmat qiladi.
Kichik tadbirkorlik subyektlarining xoʻjalik faoliyatini kreditlash tartib-
taomillarini soddalashtirish, oxir-oqibat, investitsiya faoliyatini amalga oshirish
uchun zarur boʻlgan moliyaviy resurslarning taqchilligi, shuningdek aylanma
mablagʻlarning taqchilligi kabi muammolarni ijobiy hal etishga yordam beradi.
Bizning fikrimizcha, kichik biznes subyektlari uchun moʻljallangan kreditlarning
yangi turlarini ishlab chiqish, kredit olish tartib-qoidalarini soddalashtirish, kichik
biznes
subyektlarining
toʻlov
qobiliyatini
baholash
metodologiyasini
takomillashtirish, banklarning hududlarda amalga oshirilayotgan davlat dasturlarida
keng miqyosda ishtirok etishini taʼminlash, kompensatsiya mexanizmini yaratish,
kichik biznes subyektlariga olingan kreditlar boʻyicha foiz stavkalarini kafolatlash,
oxir-oqibat olib keladi kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash imkoniyatlarini taqdim
etadi. Kichik biznes faoliyatini qoʻllab-quvvatlashning moliya-kredit mexanizmini
takomillashtirish kichik biznesni rivojlantirishni ragʻbatlantirish uchun mustahkam
asos boʻladi.
REFERENCES 1. Oʻzbekiston
Respublikasining
“Nobank
kredit
tashkilotlari
va
mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni, 20.04.2022 yildagi OʻRQ-765-
son.
2. Oʻzbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari
toʻgʻrisida” (yangi tahriri) Qonuni, 02.05.2012-yildagi OʻRQ-328-son.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan
Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoni, 28.01.2022
yildagi PF-60-son.
4. Кучкаров,
Б. К. (2022). РОЛЬ МИКРОФИНАНСИРОВАНИЯ В
ОБЕСПЕЧЕНИИ РАЗВИТИЯ МАЛОГО БИЗНЕСА. CENTRAL ASIAN