Kichik biznesni rivojlantirishda mikromoliyalashtirishning roli


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 351,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/11
tarix16.06.2023
ölçüsü351,39 Kb.
#131187
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
kichik-biznesni-rivojlantirishda-mikromoliyalashtirishning-roli

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(4), April, 2023 
37 
kuch hisoblanadi. Tadbirkorlikni biznes deb tushunib, ikkalasini ham bitta biznes 
termini bilan atash mumkin deydiganlar ham uchraydi. Holbuki, tadbirkorlik 
tushunchasining mazmun-mohiyati biznes tushunchasinikidan kengroq va chuqurroq. 
Faqat tadbirkorlikka asoslangan biznesni tadbirkorlik deyish mumkin. Ammo 
biznesning hammasi ham bunday tusga ega emas. Bundan tashqari, tadbirkorlik 
biznes doirasidan tashqarida ham mavjud” [5; 9 b]. 
Oʻzbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari 
toʻgʻrisida”gi qonuniga muvofiq “Tadbirkorlik faoliyati subyektlari (tadbirkorlik 
subyektlari) belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan hamda tadbirkorlik 
faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslardir” [2], [7]. 
TAHLIL VA NATIJALAR 
Respublikamizda iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichida kichik biznesni 
yanada rivojlantirishni ragʻbatlantirish bilan bir qatorda xususiy mulk subyektlarining 
uning tarkibidagi ulushini muttasil oshirib borishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi maʼlumotlariga 
koʻra, 2023-yilning 1-yanvar holatiga faoliyat yuritayotgan kichik korxona va 
mikrofirmalar soni 523,6 mingtani tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 
60,8 mingtaga koʻpaygan yoki 13,1 % ga oshgan. Kichik tadbirkorlik subyektlarining 
soni har 1000 aholiga 17,9 birlikni tashkil qildi [9]. 
2022-yilning yanvar-dekabrida 90,2 mingta yangi kichik korxona va 
mikrofirmalar (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) tashkil qilindi, bu 2021-yilning shu 
davriga nisbatan 8,8 % ga kam demakdir. 
Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kichik 
tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab quvvatlash hamda ishbilarmonlik muhitini sifat 
jihatdan yaxshilash boʻyicha qabul qilingan qaror va farmonlari, shuningdek bu 
sohaga berayotgan katta eʼtibor natijasida 2018-2022-yillar davomida jami 424 073 ta 
kichik korxona va mikrofirma yangidan tashkil etildi. Yangi tashkil etilgan kichik 
korxona va mikrofirmalar sohalar kesimida tahlil qilinganda, eng koʻp yangi 
subyektlar savdo sohasida – 156 069 (yoki 36,8 %) ta, xizmatlar sohasida – 99 198 
(yoki 23,4 %) ta, sanoat sohasida – 84 830 ta (yoki 20,0 %), qishloq, oʻrmon va 
baliqchilik xoʻjaligida – 51 752 ta (yoki 12,2 %) va qurilish sohasida – 32 224 ( yoki 
7,6 %) ta tashkil etilgan. 
Kichik biznesning muvaffaqiyatli rivojlanishi koʻp jihatdan xususiy 
tadbirkorlarning uzoq muddatli va nisbatan qisqa muddatli faoliyati uchun zarur 
boʻlgan moliyaviy resurslar bilan taʼminlanishiga bogʻliq. Hozirgi vaqtda 
mamlakatimiz kredit bozori institutsional rivojlanish bosqichida, taklif qilinishi 
mumkin boʻlgan moliyaviy vositalar va xizmatlar turlari bilan cheklanganligi bilan 



Yüklə 351,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin