Kichik guruhlarida qo‘l barmoqlari mayda motorikasi



Yüklə 222,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix12.04.2023
ölçüsü222,47 Kb.
#96623
1   2   3   4
KICHIK GURUHLARIDA QO

 
 
 
 
 
 
 
 


Maktabgacha yoshdagi bolalarda mayda motorikani rivojlantirishga doir 
o‘yinlar 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning oliy majlisga 
murojaatnomasida xususan, bog‘cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan 
qamrab olish darajasini joriy yilda 60 foizga еtkazishimiz zarur. Ushbu 
maqsadlarga shu yilning o‘zida byudjetdan qariyb 1,8 trillion so‘m mablag‘ 
ajratish, bu yildan boshlab, tariximizda ilk bora 6 yoshli bolalarni maktabga 
tayyorlash tizimi joriy qilinib, bunga byudjetdan 130 milliard so‘m ajratilib, bu 
jarayonda xususiy maktabgacha ta’lim muassasalari ham bevosita ishtirok etishni 
hamda 2020 yilda byudjetdan ajratiladigan 1,7 trillion so‘m mablag‘ hisobidan 36 
ta yangi maktab qurilib, 211 tasi kapital ta’mirlanishi, shuningdek, 55 ta xususiy 
maktab tashkil etilib, ularning soni 141 taga еtkazish belgilanganligi halqimizni 
ilm-ma’rifatli bo‘lishini nazarda tutdi. Ushbu islohatlarni amaliy holati 
maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish orqali ilg‘or xorijiy tajribani 
hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va 
jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish yaratish, maktabgacha ta’lim sifatini 
oshirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni 
tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng 
qo‘llaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish va shu 
orqali bolalarda mayda matorikani rivojlantirishni nazarda tutadi. Ma’lumki, 
mayda motorika – bu bolalarni qo’l-oyoqlarining kaftlari va barmoqlari bilan 
mayda va aniq harakatlarni amalga oshirish qobiliyatidir. Mayda motorika sohasi 
o‘ziga xos hamiyatga ega bo‘lib u ko’p sonli va turli xil harakatlarni o’z ichiga 
oladi. Masalan: oddiy harakatlardan tortib(masalan, o’yinchoqni,har xil detallarni 
ushlash) murakkab harakatlargacha (yozish va rasm chizish kabi). Mayda 
motorikalar bola tug’ilgan paytidan boshlab rivojlana boshlaydi. Dastlab, go’dak 
o’z qo’llarini o’rganadi va asta sekin ularni boshqarishga o’tadi. U buyumlarni 
butun kafti bilan ushlaydi, keyin esa faqat ikkita(katti va ko’rsatkich) barmog’i 
bilan ularni ushlaydi. Shu orqali bolalar dastlab o‘yinchoqlar, keyin qoshiq, qalam, 
mo’yqalam kabi buyumlarni tog’ri ushlashga o’rgatiladi. Mayda motorikaning bola 


organizmidagi o‘rni va ahamiyati alohida sanaladi. U bolalarni asab tizimi, ko’rish 
qobiliyati, diqqat e’tibor, xotira va idrok qilish kabi organizm xususiyatlarini 
shakllanishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari bolaning 
nutqini rivojlanishida ham mayda motorikanini ta’siri yuqori bo‘lib, dastlab 
bolaning tovushlarini shakllanishiga va nutkini o‘sishiga mativatsiya bo‘lib xizmat 
qiladi. Mazkur sohaning bola rivojlanishidagi o‘rni haqida Davlat talablarida ham 
alohida e’tibor qaratilgan. Davlat talablarining 1-sohasi “Jismoniy rivojlanish va 
sog’lom turmush tarzining shakllanishi” bo‘lsa 2-qismida esa mayda motorika 
bo’yicha ko’rsatmalar asoslab o‘tilgan.Unga muvofiq, 3-4 yoshli bolalarga 
qo’yiladigan talab quyidagicha: bola qo’li va barmoqlarini turli maqsadlarda 
ishlatadi. Kutilayotgan natijalar: bola xalqaga arqonni kirg’izadi; mayda 
predmetlarni ma’lum bir tartibda taxlaydi; mustaqil ravishda o’yinchoqlarni qutiga 
joylashtiradi va undan oladi; kattalar yordamida yirik hajmdagi munchoqlarni ipga 
o’tkazadi; buyumlarni bir idishdan ikkinchisiga joylashtiradi; 2-3 obyektdan rasm 
tuzadi; varaq sathida to’g’ri chiziqlar chizadi; harflara qiziqish bildiradi, ayrim 
harflarni shaklini biladi va farqlaydi; yirik munchoqlarni teradi; yozishga harakat 
qiladi. 4-5 yoshli bolalar: mustaqil tugmachalarni qadaydi va еchadi, kiyimi va 
poyabzali ilgaklarini o’zi taqadi; namuna asosida ipga mayda, o’rta va yirik 
munchoqlarni teradi; qulflarni ochadi va yopadi,kalitdan foydalanadi; mayda 
buyumlarni buraydi va bir biriga ulaydi; konstruktorning katta va kichik 
qismlaridan har xil predmetlar yasaydi; namuna asosida to’g’ri chiziq va aylana 
chizadi; rasmlarni ustidan yurgizib chizadi va bo’yaydi; ko’rsatilgan chiziq 
bo’yicha qog’oz, mat ova salfetakni buklaydi; ko’rsatilgan chiziq bo’ylab qaychi 
bilan qirqadi. 5-6 yoshda: yuzalarda turli chiziqlar chizadi; kichik va katta 
o’yinchoqlarni qutiga hajmiga qarab joylashtiradi; murakkab konsturksiyalarni 
jamlaydi; qopchadagi o’yinchoqlarni paypaslab nomini aytaoladi; to’g’ri chiziq 
bo’ylab qog’ozni mustaqil qirqadi; chiziq,ilgak va gajakcha yozadi; qog’ozni turli 
usulda taxlaydi(origami); namuna asosida bosma harflarni yozishni boshlaydi; 
barmoqlari yordamida mashqlar bajaradi; rasmlarni tekis shtrixlaydi; turli sathlarda 
chizadi (namqumda, asfaltda, doskada); soch o’radi, mozaika yig’adi. 6-7 yoshda: 


Tasavvurdagi predmetlarni qo’llari bilan (gul,qush,kapalak) ko’rsatadi; 
arqonlardan turli tugunlarni tugadi; o’yin faoliyati mobaynida mayda o’yinchoqlar 
bilan o’ynaydi; belgilangan chiziqlar bo’ylab qog’ozni batartib yirtaoladi; mayda 
qismli mozaika va pazllarni yig’adi; (qo’l barmoqlari mayda motorikasi) qog’ozda 
to’g’ri chiziqlar,so’zlar va qisqa gaplarni yozadi; daftardagi yozuv qatorlaarini 
anglay oladi; rasmlarni to’g’ri joylashtiradi; qo’lni uzmasdan nuqtachiziqlarni 
birlashtirib rasm chizadi; matodagi rasmni to’qiydi; “o’ziga” va “o’zidan” 
harakatlari yo’nalishini tushunadi; turli materiallardan murakkab namunalarni 
qirqadi. 
Bolalarning 
mayda motorikasini rivojlantirish uchun ko’plab 
mashg’ulotlar, o’yinlar va mashqlar mavjud. Ularni quyidagi guruhlarga 
ajratishimiz mumkin: barmoq o’yinlari, mayda buyumlar bilan bog’liq o’yinlar, 
shakl yasash va rasm chizish, barmoqlarni massaj qilish. Mayda motorikani 
rivojlantirishning eng oddiy va samarali usuli bu kaftlarni massaj qilishdir. Bu usul 
har qanday yosh uchun eng oddiy va universal usul hisoblanadi. Bunda bolaning 
kaftlarini silanadi va ularni massaj qilinadi. “Qog’oz yirtish” usuli – bu mashq 
ko’proq 7 oylik bollarga to’g’ri keladi.Bolaga birnecha varaq yumshoq rangli 
qog’oz beriladi, bola uni bajonidil ushlab ko’radi, qo’llarida aylantiradi va yirtadi. 
Bu mashg’ulot bolga juda katta zavq bag’ishlaydi. “Sahifalarni varaqlash” – bu 
usul 1 yoshdan so’ng qog’oz yirtishni rasmlari ko’p bo’lgan kitobcha yoki jurnal 
sahifalarini varaqlashga almashtirish mumkin bo’ladi. Albatta bunda bolani 
ehtiyotkorlik bilan bajarishga o’rgatish lozim. “Munchoqlar bilan ishlash” – 
bolalarga bu mashg’ulot ya’ni mayda buyumlarni ushlash yoqadi va bu juda 
foydali. Bunda bola turli o’lcham va shakldagi munchoqlari bor taqinchoqni 
o’ynashi natijasida uning qo’l barmoqlari motorikasi rivojlanadi. Yormalarni bilan 
ishlash – bunda biz kosachaga istalgan yormani solamiz va uni bolaga beramiz. U 
yormani qo’li bilan ushlab ko’radi yoki barmoqlari orasidan to’kadi. Ushbu o’yin 
orqali bolalarning mayda motorika va taktil hissiyotlari yaxshi rivojlanadi. 
“Qumda rasm chizish” (pesochnaya terapiya) maxsus texnika vositasida bolalar 
maxsus idishda qum sepiladi va bolaning barmoqchasini o’z qo’limizga olib, uni 
qum bo’ylab yuritamiz. Rasm chizishni dastlab chiziq, to’g’ri burchak, doira kabi 


oddiy shakllardan boshlab, ularni asta-sekinlik bilan murakkablashtirishimiz 
mumkin. Maxsus uskunadagi еtti xil rang bolalar chizmasini еtti xilda ko‘rish 
imkonini beradi.Ushbu jarayon balalar qo‘l matorikasi faoliyatini yaxshilash 
imkonini beradi. “Qopqoqlarni burab yopish” – bunda bolalarga turli o’lchamdagi 
idishlar taklif etiladi, bankalar,butilkalarning qopqoqlarini burab ochib-yopish kabi 
oddiy mashg’ulot barmoqlarning epchilligini rivojlantiradi. Bolalarning mayda 
motorikasini rivojlantirishda samarali usullardan yana biri bu – tugmani 
taqish,yechish,iplarni bog’lashdir. Bunda bolani kiyintirish jarayoniga jalb etiladi 
va u tugmalari va bog’ichlarini o’zi taqsin va еchsin. Bu orqali nafaqat harakatlar 
rivojlantiriladi, balki bolani mustaqillikka ham o’rgatiladi. Turli yoshdagi 
bolalarga mos keluvchi mashg’ulotlardan biri bu – yumshoq narsalarga shakl 
berishdir. Ya’ni bunda bolalar plastilin, loy, xamirdan turli narsalarni yasashlari 
mumkin. Bu orqali bolaning mayda motorikasi bilan birgalikda uning bilish 
qobiliyalari,dunyoqarashi, fantaziyasi ham rivojlanadi. Bu kabi mashg’ulotlarga 
biz applikatsiya,origami va sahnalashtirish faoliyatlarini ham kiritishimiz mumkin. 
Rasm chizish va bo’yash – punktir chiziqlardan iborat rasmlarning konturlari 
ustidan chizib chiqish hamda turli shakldagi obyektlarni bo’yash juda foydali. 
Shuningdek vertical yuzalar – devor,doska,oynada chizish ham foyda 
beradi.Mozaika va pazllarni yig’ish orqali ham bolaning motorikasi ham uning 
tasavvurini mashq qildiriladi. Mayda motorikani rivojlantirish uchun mo’ljallangan 
o’yinlar faqat kattalarning nazorati ostida olib borilishi hamda bunday mashqlarni 
muntazam ravishda olib boorish orqali samarali natijaga erishishimiz mumkin. 
Ya’ni, bolaning harakatlari ravon, aniq va o’zaro mutanosib bo’ladi. 



Yüklə 222,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin