часть
1
«
Научный импульс
»
Март
, 202
3
749
tadqiqot usullaridan foydalanadi, biroq uni qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari bor. Bola
shaxsi yosh xususiyatlarini oʻrganishda koʻndalang kesma va longityud deb nomlangan
tadqiqotlar oʻtkaziladi.
Birinchi holatda birgina psixik jarayonning oʻzi bir vaqtda turli yosh guruhlariga
taalluqli boʻlgan bolalarda tadqiq qilinadi. Ikkinchi holat (longityud) da esa maʼlum bir
(alohida tanlab olingan) bolalarning psixik xususiyatlari koʻp yillar davomida tadqiq qilinadi.
Bu esa oʻz navbatida ular psixikasi rivojlanishining umumiy kechishini kuzatish imkoniyatini
beradi. Bolalar psixologiyasida asosan ota-onalarga bolaga unga bo'lgan ishonch,
hurmat,qo'llab-quvvatlash, unga bo'lgan e'tiborlarini his qildirish,Mumkin bo'lgan va
mumkin bo'lmagan holatlar o'rgatiladi.
Bola dunyoni, atrofni ota-ona ko'zlari bilan anglaydi. Ota-onaga nima yomon bo'lsa,
bola shuni yomon deb hisoblaydi. Ota-ona kimni xush ko'rsa, bola uchun u inson yaxshi
bo'ladi. Bu holat bolani 10-12 yoshiga qadar davom etadi. Undan keyin bola o'zi xulosa
qilishga o'rganishni boshlaydi. Shunday ekan, bolaning har bir harakati - bu ko'zgudagi
sizning aksingiz.
Kichik maktab yoshidagi bolalar psixologiyasini o’rganishga qiziqish 19-asr oʻrtalaridan
boshlandi. U pedagogika psixologiyasi oliy asab faoliyati fiziologiyasi bilan chambarchas
bogʻlangandir. Uning maʼlumot va xulosalari yosh avlodni oʻqitish va tarbiyalash nazariyasi
va amaliyoti uchun, umumiy psixologiya uchun muhim ahamiyatga ega. Kichik maktab
yoshidagi bolalar psixologiyasining asosiy masalasi bola psixik taraqqiyotini o‘rganishdan
iborat ekan, bu masalani hal qilishda, uni tushuntirib berishda turli xil qarashlarni o‘rganish,
tahlil qilish muhimdir.
Bolalar psixikasini taraqqiy etishini tushuntirib berishga uringan ilk nazariya “Bola
katta yoshli kishining kichik nusxasi” degan fikr bilan ta’riflanadi. Bu nazariya tarafdorlari
bola sifat e’tibori bilan katta yoshli kishidan hech bir farq qilmaydi. Bola bo‘yi, shuningdek
tasavvurlari, xotirasi, diqqati, tafakkuri va boshqa jarayonlaridan anchayin kichkina bo‘lgan
katta yoshli kishilardir deb ko‘rsatishga urinadir. Lekin bola psixikasining sifat jihatidan
o‘ziga xosligini tushuntirib bera olmaydilar va taraqqiyotning asosiy sabablarini yoritib bera
olmaydilar. XVII asrdan boshlab falsafiy va psixologik yo‘nalishlarda bolaning taraqqiyoti
haqida kurash boradi. Psixologik yo‘nalish tarafdorlari psixik taraqqiyot butunlay muhitga
va turmush tajribasiga bog‘liq deydilar. Xo‘sh odam psixikasi va xatti harakatlarida bor
bo‘lgan o‘ziga xos xususiyatlarni nima bog‘laydi –tabiiy, tug‘ma xususiyatlarmi yoki hayot
davomida orttirgan xususiyatlarmi? degan muammoda turlicha qarashlar maydonga keldi .
“Ideyalar tug‘ma bo‘ladi” degan nazariyaning yorqin namoyodasi Dekart(1596-1650) edi.
Uning fikricha, tug‘ma ideyalar intellektda boshlang‘ich xolatda bo‘ladi bu ideyalar moyillik
sifatida “tug‘ma bo‘lib, faqat keyinchalik to‘la anglanguncha sekin asta taraqqiy etadi, shu
bilan birga, tashqi tajriba ideyalar faoliyati uchun faqat turtki bo‘lib xizmat qiladi, ularning
yanada takomillashuvi uchun, material hisoblanadi deb ko‘rsatildi. Keyinchalik bunday
qarashlar falsafa doirasidan chiqib, burjuaziya ideologlari tomonidan keng foydalanila
boshlandi.