2.Sharq mutafakkirlarining pedagogik g'oyalari bilan tanishish (Case study,
Kichik guruhlarda ishlash usullari asosida)
O’zbek xalqi o’zining uzoq tarixi davomida yaratilgan ta’lim-tarbiyaga oid boy
merosga ega. Bundan tashqari, avlodlarda insonparvarlik, kamtarlik, mehnatsevarlik,
do’stlik, iymon-e’tiqod, mehr-oqibat, odoblilik kabi umuminsoniy fazilatlarni
shakllantirishning o’ziga xos tajribasini to’plagan. Bizga ma’lumki, ma’naviy-axloqiy
fazilatlar hech qachon o’z-o’zidan vujudga kelmaydi, balki ularning kelib chiqishining
haqiqiy manbai, ularni keltirib chiqargan sabablar va harakatga keltiradigan kuchlar
mavjuddir. Zero, har qanday axloqiy qoidalar muayyan tarixiy zaruriyat natijasiga
vujudga keladi va muayyan qonuniyat asosida rivojlanib boradi. Shuni alohida
ta’kidlab o’tish kerakki, Sharq mutafakkirlarining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlari bu
tajribaning shakllanishiga ulkan ta’sir ko’rsatgan. Tarbiya ham ota-onalarning burchi
va farzandlarning haqqidir. “Tarbiya” so’zi arabcha “robba” fe’lidan olingan bo’lib,
o’stirdi, ziyoda qildi, rioyasiga oldi, rahbarlik qildi va isloh qildi ma’nolarini bildiradi.
Musulmon ulamolar “tarbiya”ni bir necha xil ta’rif qilganlar. Jumladan, imom
Bayzoviy quyidagicha ta’riflaydi: “Tarbiya bir narsani asta-sekin kamoliga
etkazishdir”. Rog’ib Asfihoniy tarbiyani quyidagicha ta’rif qiladi: “Tarbiya bir narsani
bir holdan ikkinchi holga o’tkaza borib, batamomlik nuqtasiga etkazishdir. Tarbiyaning
ma’nolaridan biri, insonning diniy, fikriy va axloqiy quvvatlarini uyg’unlik hamda
muvozanat ila o’stirishdir”. Islomda bolalar tarbiyasi ota-onaning eng mas’uliyatli va
uzoq davom etadigan burchlaridir. Boshqa burchlar ba’zi ishlarni qilish yoki mulkni
sarflash bilan oxiriga etadi. Ammo tarbiya mas’uliyati bardavom bo’ladi. Zotan, ota-
onaning farzand ne’matiga haqiqiy shukrlari ham aynan tarbiya mas’uliyatini sharaf
bilan ado etish orqali yuzaga chiqadi [1:339-340]. Odob masalasini insoniyat tarixida
to’laqonli ravishda Islom boshlagan, desak mubolag’a qilmagan bo’lamiz. Islomda
kishining hayotidagi har bir narsaning o’z odobi bor. Dunyodagi odobga bag’ishlangan
asarlarning asosini va ko’piligini Islom halqlari vakillari tomonidan yozilgan asarlar
tashkil qiladi, degan gapda zarracha mubolag’a yo’q. Qadimda Sharq mutafakkirlari
tomonidan ilgari surilgan qarashlar hamda g’oyalar bugungi kunda ham muhim ta’lim-
tarbiyaviy manba sifatida yoshlar ongi va qalbiga ma’naviy ozuqa berib kelmoqda.
Uzoq va boy tarixga ega bo’lgan Markaziy Osiyo xalqlari o’zining ta’limtarbiyaga oid
boy merosini yaratib, takomillashtirib, yoshlarni insonparvarlik, ilmparvarlik, mehr-
oqibat, mehnatsevarlik, insonlarga va tabiatga do’stlik, sahiylik kabi umuminsoniy
fazilatlar ruhida tarbiyalab kelishgan. Darhaqiqat, ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan
bebaho madaniy meros milliy ma’naviyatimizning o’zagini tashkil etadi. Shu sababli
undan bugun yoshlarimizning ta’lim va tarbiyasiga keng foydalanish maqsadga
muvofiqdir. Chunki, “Ajdodlarimizdan qolgan meros millatimizning nafaqat o’tmishi,
shuningdek, istiqboli uchun ham kuch va fidoiylik manbai hisoblanadi. Har bir
xalqning ta’lim-tarbiyaga oid an’analari borki, ular pedagogik tafikkur taraqqiyotining
asosi bo’lib xizmat qiladi va bola tarbiyasi haqidagi tasavvurlar va qarashlarni
ifodalaydi. O’tmishda buyuk allomalarimiz, yuksak darajadagi ma’naviyat, axloq-odob
saboqlarini berganliklari, Vatan, xalq istiqboli, farovon turmush, halol mehnat, fan
taraqqiyoti, inson mehnati, atrof-muhitga oqilona munosabat haqidagi o’z qarashlarini
bayon qilib berganliklariga guvoh bo’lamiz. Mana shunday mangu allomalar jumlasiga
Ahmad Yassaviyni kiritish mumkin. Xoja Ahmad Yassaviy o’zining ma’naviy-axloqiy
qarashlari bilan bugungi kunda ham pedagogika faniga beqiyos qo’sha olganligi olib
borilgan izlanishlardan ayon bo’lmoqda. “Xoja Ahmad Yassaviyning nuqtai nazariga
ko’ra ayyorlik, gunohlarni yashirish o’zgalarga xiyonat hisoblanadi. Bu fikrlari bilan
Xoja Ahmad Yassaviy rostgo’ylik, halollik, o’z-o’ziga talabchanlikni targ’ib qiladi.
Zahmat chekkan odam sabrli, bardoshli, irodali bo’ladi, degan fikrni ilgari suradi.
Hushyorlik shaxsni faol harakat qilishga undaydi. Xoja Ahmad Yassaviy hikmatlari
o’quvchi shaxsini xushyorlikka, faol harakatlanishga, fitnalardan, fisqu fasod ishlardan
o’zini olib qochishga undaydi”. Shuning uchun ham ta’lim tarbiya jarayonida ulardan
keng foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Yana bir yiriq allomalardan biri
Burxoniddiy Marg’inoniydir. Burxoniddiy Marg’inoniyning axloqiy-huquqiy
tarbiyaga oid qarashlarida diyonat, iymon, vijdon, burch, insoniylik xususidagi
g’oyalari shaxsni har tomonlama va uyg’un rivojlantirishning asosiy vositasi bo’lib
xizmat qilgan. Shu jihatdan qaraganda XXI asrda yashagan islom ta’limotining yirik
nomoyondasi Burxoniddiy Marg’inoniyning axloqiy-huquqiy tarbiyaga oid
qarashlarida erkinlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, iymon-e’tiqod, halollik, axloqiy
poklik, odillik, birodarlik, bilimlilik, mustaqil fikr hislatlari asosiy o’rinni egallaydi
.Alloma Marg’inoniy o’zining axloqiyhuquqiy qarashlari bilan xalqimiz ma’naviyatini
rivojlantirishga, musulmon dunyosi madaniyatining taraqqiyotiga hamda ijtimoiy
pedagogik fikr rivojiga salmoqli hissa qo’shgan. Farzandga adab, hunar o’rgatmakni
meros deb bilg’il. Agar sen xoh unga adab o’rgatg’il, xoh o’rgatmag’il turmush
mashaqqatlarining o’zi unga o’rgatur. Undoqkim debdurlar, ota-ona tarbiyalamasa,
kecha va kunduz uni tarbiyalaydur. Kaykovus 44 bobdan iborat bo’lgan “Qobusnoma”
asarida ota-onalarning farzand tarbiyasidagi vazifa va burchlari, farzandning ota-onaga
munosabati, ularni qadrlash, insonlar orasidagi muomila odobi, ularning o’zaro axloqiy
munosabatlari, haqorat, qo’pollik kabi yomon odatlardan saqlanish zaruriyati bilan bir
qatorda bola tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratish, uning kelajagi uchun ota-onaning
mas’uliyati katta ekanligi kabi axloqiy masalalarga urg’u beriladi. Sharq
mutafakkirlarining ijodiy faoliyatidagi ta’lim va tarbiyaga oid yondashuvlar, g’oyalar,
qarashlarni yosh avlodning ongiga singdirishda tarbiya usullari va vositalarini bilish,
hayotda ulardan to’g’ri foydalanish – ta’lim jarayonida o’qituvchilarning pedagogik
mahoratidagi muhim xususiyatlardan biri hisoblanadi. Keyingi yillarda odob-axloq
mavzuiga bo’lgan qiziqish anchagina ortdi. Chunki milliy mustaqillikka
erishganimizdan so’ng, tarixiy va madaniy merosimizni o’rganishga bo’lgan
ehtiyojning kuchayishi, milliy va diniy hamda ma’naviy qadriyatlarimizning
mazmunidagi axloqiy g’oyalarni bilishga bo’lgan xalqimiz qiziqishlarining ortib
borayotganligidir. Ta’lim-tarbiya tizimini insonparvarlik yo’nalishini tubdan
o’zgartirish va yangi zamon talablari darajasiga ko’tarishning birinchi sharti – unga bir
butun tizim sifatida yondoshish va shunga muvofiq, ish olib borishdan iboratdir. Yosh
avlodda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish,
boy madaniy merosimiz, tarixiy an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat,
Vatanga muhabbat, istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda
amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omilidir. Insonlar o’zligini
chuqur anglashi, mustaqillikning qadrini tobora teran tushunishi, milliy tafakkurning
kengayishi va takomillashuvi, tarixiy hurlik, mustaqillik ruhining uyg’onishini
ta’minlash ma’naviyat sohasidagi siyosatimizning asosiy maqsadiga aylandi. Taniqli
o’zbek pedagogi Abdulla Avloniy “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot -
yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir” deb yozgan edi. Mashoyixlarning
aytishlaricha, “har bir millatning saodati, davlatlarning tinch va rohati yoshlarning
yaxshi tarbiyasiga bog’liqdur” . A.Avloniyning “Turkiy guliston yohud axloq” asari
yangi usul maktablarining yuqori sinflarida ta’lim va axloqiy tarbiya berish uchun
darslik sifatida o’qitilgan. A.Avloniyning asarini chuqur o’rganar ekanmiz, biz o’sha
davrda maktablarda o’quvchilarga dars berishda umuminsoniy va diniy qadriyatlari,
xalq og’zaki ijodi, Qur’on oyatlari, hadislar shuningdek, buyuk allomalarimizning
hikmatli so’zlaridan imkon qadar keng foydalanganliklarini ko’ramiz. Masalan,
“Yaxshi xulqlar” qatoriga kiruvchi “Sabr” mavzusida: “Sabr insonlar uchun buyuk bir
fazilatdurki, janobi haq sobrlarni madh qilishdur. Shariati islomiyada janobi Haq
tarafidan kelgan balo va qazoga sabr qilmoq farzi ayndur”. Shul xususda so’ylanmish
bir hadisi sharifning ma’nosi “ilm imonli kishilarning muhibi, hilm homiysi, aql dalili,
yaxshi amal sarmoyasi, muloyimat volidi, afv axavoni, sabr hokimi vijdonidur,” -
deyilishi. Arablar “assabru miftohulfalah”- sabr shodlig’ning kalilidur deyurlar. Oilada
bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda milliy qadriyatlardan foydalanishning milliy
pedagogik va uslubiy asoslarini ilmiy-nazariy jihatdan ishlab chiqishga bugungi
kundagi ehtiyoj va uni samarali hal etishning optimal yo’llarini topish asosiy
muammolardan biri bo’lib qolmoqda. Shunday ekan, oilada bola tarbiyasi umumdavlat
ahamiyatiga molik muammodir. Shu boisdan har qanday jamiyatni oilaga, oilada bola
tarbiyasiga bo’lgan talabi ortib boradi.
Dostları ilə paylaş: |