Uch komponentli sistemaning tarkibini ifodalash uchun teng tomonli uchburchakdan foydalaniladi. Uchburchakning uchlariga toza komponentlarning tarkibi, tomonlariga ikki komponentli sistemalarning tarkibi qo’yiladi. Uchburchakning ichidagi har bir nuqta uch komponentli sistemaning tarkibini ko’rsatadi.
T va 2 ta konsentratsiya bo’ladi. Odatda 3 komponentli kondensirlangan sistemalarning tadqiqoti o’zgarmas bosimda olib boriladi. 3 ta o’zgaruvchiga bog’liq bo’lgan sistemaning xossalarini fazoviy diagrammalar orqali ifodalash mumkin, bunday diagramma 3 tomonli to’g’ri burchakli prizma ko’rinishida bo’ladi.
Prizmaning asosini teng tomonli uchburchak tashkil qiladi va uchlamchi sistemaning tarkibini ko’rsatadi, balandligi esa haroratni belgilaydi. Uch komponentli sistemani tekislikda ifodalash uchun bosim ham, harorat ham o’zgarmasligi shart. Teng tomonli uchburchakning uchlari A, B va C toza moddalarga mos keladi. Uchbirchakning ichida joylashgan har bir nuqta 3 komponentli sistemalarning tarkibini ifodalaydi. Nuqta qanchalik uchburchakning uchiga yaqin bo’lsa, shu komponentning miqdori (foizi) ko’p bo’ladi. Teng tomonli uchburchak vositasida 3 komponentli sistemaning tarkibini ifodalash uchun asosan 2 xil usuldan foydalaniladi: Gibbs va Rozebum usullari.