Prizma ichidagi TBi E3 E4 E1 , TPb E2 E4 E3 , TSn E1 E4 E2 larlikvidus yuzalari bo’ylab, bu yuzalardan yuqorida bitta – suyuq faza mavjud. Bu yuzalardan pastda ikki faza suyuq faza va tegishli metallardan bittasining kristallari mavjud. Masalan TBi E3 E4 E1 yuzasida pastda – suyuq faza va Bi kristallari bor. Odatda prizmaning bo’yini kesib, fazoviy diagrammalar proyeksiyasi prizma asosidagi uchburchak yuzasiga tushuriladi. Bu xilda olingan proyeksiya keltirilgan rasmda yaqqol ifodalangan va proyeksiyasi olingan nuqtalar tagiga “o” ishorasi qo’yilgan.