Kimyo fakulteti 2-kurs talabasi



Yüklə 12,83 Kb.
səhifə2/6
tarix26.05.2022
ölçüsü12,83 Kb.
#59657
1   2   3   4   5   6
Uch komponentli sistemalar-azkurs.org

Prizmaning asosini teng tomonli uchburchak tashkil qiladi va uchlamchi sistemaning tarkibini ko’rsatadi, balandligi esa haroratni belgilaydi. Uch komponentli sistemani tekislikda ifodalash uchun bosim ham, harorat ham o’zgarmasligi shart. Teng tomonli uchburchakning uchlari A, B va C toza moddalarga mos keladi. Uchbirchakning ichida joylashgan har bir nuqta 3 komponentli sistemalarning tarkibini ifodalaydi. Nuqta qanchalik uchburchakning uchiga yaqin bo’lsa, shu komponentning miqdori (foizi) ko’p bo’ladi. Teng tomonli uchburchak vositasida 3 komponentli sistemaning tarkibini ifodalash uchun asosan 2 xil usuldan foydalaniladi: Gibbs va Rozebum usullari.

Gibbs usuli

Gibbs usuliga ko’ra , uch komponentli sistemaning uchburcha ichidagi biror nuqtaga to’g’ri keladigan tarkibini aniq­lash uchun, o’sha nuqtadan uchburchakning uchchala tomoniga perpen­dikulyar tushiriladi. Bu kesmalarning yig’indisi teng tomonli uchburchakning balandligiga teng, uni 100 % deb qabul qilamiz. Uch­burchak ichidagi p nuqta uchburchakning B uchi dan uzoqda bo’lgani uchun bu nuqtadagi aralashmada B komponentning miqdori kam bo’la­di, ya’ni B ning miqdori uning qarshisidagi tomondan boshlangan perpendikulyarning uzunligi bilan belgilanadi. Masalan, p nuqta­dagi aralashmaning tarkibida 20% B bor. Xuddi shunday usulda A va C komponentlarning tarkibi ham topiladi: 50% A va 30% C.

Teng tomonli uchburchak vositasida uch komponentli sistemaning tarkibini ifodalash.

Teng tomonli uchburchak vositasida uch komponentli sistemaning tarkibini ifodalash.

Rozebum usulida sistemaning tarkibini aniqlash uchun p nuq­tadan uchburchakning ikki tomoniga parallel chiziqlar o’tkaziladi. Uchburchakning AB tomonidagi kesmalarning yi­g’indisi teng tomonli uchbur­chakning tomoniga teng. P nuqtadan uchburchakning ikki tomoniga o’tkazilgan parallel chiziqlar AB tomonni 3 ga bo’ladi va bu AM, MN, va NB kesmalar A, B va C komponentlarning miqdorini beradi.

Rozebum usuli



Yüklə 12,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin