Uchburchakning B uchining qarshisidagi tomonga chizilgan parallel b kesmani beradi va ushbu kesma B ning miqdorini belgilaydi. Uchburchakning A uchining qarshisidagi tomonga chizilgan parallel a kesmani beradi va u A komponentning miqdorini belgilaydi. Teng tomonli uchburchakning tomonini 100%deb qabul qilsak, u holda P nuqta uchun A - 50%, B - 20% ekanligini hamda C komponentning miqdori 30% ga tengligini aniqlash mumkin.
Uch komponentli sistemalarning holat diagrammalarini tuzishda bosimni o’zgarmas deb qabul qilsak, sistemaning erkinlik darajasi F= 3-Ф+1 = 4-Ф tenglama bilan ifodalanadi. Harorat ham o’zgarmas bo’lganda erkinlik darajasi F = 3-Ф ifoda orqali aniqlanadi.
Tuzlarning eruvchanlik diagrammasi.
Suv bilan ikkita tuz (bir xil ionli) sistemasidagi fazaviy muvozanatni ko’rib chiqamiz. Agar ikkala tuzda kation va anionlar turlicha bo’lsa, u holda sistema 4 komponentli bo’lib qoladi.
Keltirilgan grafikda suv bir xil ionli 2 tuz sistemasi izotermik proyeksiyasining holat diagrammasi ifodalangan. Tuzlar suv bilan gidratlar yoki qo’sh tuz, kompleks birikma yoki qattiq eritmalar hosil qilmaydi. Rozebum uchburchagining uchlari H2O, PX va QX toza komponentlariga mos keladi. A nuqta suvning to’yingan eritmasida PX ning konsentratsiyasini, Bnuqta esa, QX tuzining suvning to’yingan eritmasidagi konsentratsiyasini ko’rsatadi.
Bir xil ionli 2 ta tuzning suvda eruvchanligi diagrammasi: Rozebum uchburchagiga izotermik proyeksiya.
Tuzlarning eruvchanlik diagrammasi.
AC egrisi PX tuzining QX ning turli tarkibli eritmalaridagi eruvchanligini tavsiflaydi, BSegrisi esa, QX tuzining PX ning suvli eritmasidagi eruvchanligini ko’rsatadi. C nuqtada eritma ikkala tuz bilan to’yingan (evtonika) bo’ladi. H2O cho’qqi bilan ACB orasidagi maydonda joylashgan har bir nuqta tuzlarning to’yingan eritmalariga javob beradi. ACPX maydonidagi hohlagan nuqta 2 ta tuzning eritmasi va PX qattiq tuzdan iborat 2 fazali sistemani ifodalaydi. CBQX maydonidagi hohlagan nuqta 2 ta tuzning eritmasi va QX qattiq tuzdan iborat sistemani bildiradi. PXCQX maydoni 3 fazali sistemalarga mos keladi: ikkala tuz bilan to’yingan C tarkibli eritma hamda PX va QX kristallari.