Kimyo fakulteti 2-kurs talabasi



Yüklə 12,83 Kb.
səhifə5/6
tarix26.05.2022
ölçüsü12,83 Kb.
#59657
1   2   3   4   5   6
Uch komponentli sistemalar-azkurs.org

Bir xil ionli va evtonikaga ega bo’lgan ikki tuz eritmasining holat diagrammasini to’g’i burchakli kordinatalar sistemasida ham ifodalash mumkin. Kordinata o’qlari bo’yicha kom­ponentlarning nisbiy miqdorlari qo’yiladi. Bunday ifodalashda PX va QX toza komponentlarga javob beruvchi nuqtalar cheksizlikda bo’ladi. C nuqtada eritma ikkala tuz bilan to’yingan.

M nuqta bilan ifodalangan 2 tuzning to’yinmagan eritmasidan o’zgarmas haroratda suv­ning bug’lanishini ko’rib chiqa­miz. Figurativ nukta OMe to’g’ri chizig’i bo’yicha siljib boradi, chunki ikkala tuzning siste­madagi massalarining nisbati o’zgarmayapti.

a nuqtada PX tuzi­ning kristallanishi boshlanadi; b nuqtada PX kristallari bilan b1 tarkibli eritma muvozanatda bo’ladi; d nuqtada ikkinchi QX tuzning kristallanishi boshlanadi (Ф = 3) va eritmaning tarkibi С nuqta bilan tavsiflanadi. Bug’latish davom ettirilsa ikkala tuz kristallarining ajralib chiqishi davom etadi. Eritmaning tarki­bi o’zgarmaydi, chunki erkinlik darajalarining soni nolga teng

a nuqtada PX tuzi­ning kristallanishi boshlanadi; b nuqtada PX kristallari bilan b1 tarkibli eritma muvozanatda bo’ladi; d nuqtada ikkinchi QX tuzning kristallanishi boshlanadi (Ф = 3) va eritmaning tarkibi С nuqta bilan tavsiflanadi. Bug’latish davom ettirilsa ikkala tuz kristallarining ajralib chiqishi davom etadi. Eritmaning tarki­bi o’zgarmaydi, chunki erkinlik darajalarining soni nolga teng

(F = k-Ф = 3-3 = 0). Agar tuzlar suv bilan gidratlar yoki qo’sh tuzlar, kompleks birikmalar yoki qattiq eritmalar hosil qilsa, ikki tuzning suvdagi eritmalarining holat diagrammalari ancha mu­rakkab ko’rinishda bo’ladi.

Uch komponentli suyuq sistemaning holat diagrammasi.

Hajmiy diagramma

Uchlama evtetikaning hosil bo’lishi.

Tarkibning o’zgarishi bilan xossaning o’zgarishi prizmaning balandligi bo’ylab ko’rsatiladi. Bir-biri bilan kimyoviy birikma hosil qilmaydigan,masalan, Bi- Sn- Pb sistemasini ko’rib chiqaylik. Prizma yuzalaridan ikki komponentli sistema, uning ichida uch komponentli sistema tasvirlanadi. Keltirilgan rasmda shu sistemaning oddiy diagrammasi keltirilgan. TBi∙TSn∙TPb komponentlarning suyuqlanish temperaturalari E1, E2, E3 ikki komponentli E4- uch komponentli sistemalar uchun mansub evtetik nuqtalar. E1- nuqta Bi - Sn, E2-nuqta Sn – Pb, E3- nuqta Bi – Pb sistemalar evtetikasi E1, E2, E3 evtetikalar prizma yuzalarida, E4- prizma ichida joylashgan.


Yüklə 12,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin