1-diagramma.Gidrosfera suvlarining taqsimlanishi km3da Butun gidrosfera suvlari 1 389 000 km3 hajmni tashkil etadi. Okean va dengiz suvlari 1 350 000 km3. Bu jami suvlarning 97.2% ni tashkil etadi. Boshqa suvlar va qayta ishlanadigan suvlar 39 000 km3 tashkil etadi, bu jami suvning 2.8% ini tashkil qiladi. Boshqa suvlarni taqsimlab chiqsak, materik muzliklari 29 000 km3 (74.36%), sifat suvlari 9 700 km3 ( 24.87%), chuchuk suvli ko‘llar 123 km3 ( 0.31%), tuproq va botqoq suvlari 40 km3 ( 0.1%), sho‘r ko‘llar 100 km3 (0.26%), atmosfera bug‘, bulut, qor, yomg‘irli bulut omborlari 7 km3 (0.02%), biomassa 7 km3(0.02%) ni tashkil qiladi. Ichimlik suvlari esa jami suvning 1% ga yaqin qismini xolos. Dunyo suvlari bir tekis taqsimlangan emas, ayri hududlarni to‘rt tomoni suv bilan o‘ralgan bo‘lib, ayrim hududlarda esa ichishga ham suv yo‘q qurdag‘òqchilikda yashaydi. Hozirgi kunda 2 mlrd insonlar suvsizlikdan aziyat chekmoqda[3). Hozirgi kunda jahon miqyosida chuchuk suv ishlatish hajmining yildan-yilga ortib borishi va buning oqibatida suv tanqisligi kelib chiqayotganligi ayni haqiqat. Hatto BMT tomonidan 2003-yilning “Xalqaro toza suv yili” deb eʼlon qilgani buning yaqqol misolidir. BMTning “Atrof-muhit muhofazasi” dasturi maʼlumotiga koʻra, hozirda dunyodagi mavjud daryolarning yarmi jiddiy ifloslangan. Yer shari aholisining qariyb 40 foizi toza ichimlik suvi yetishmasligidan aziyat chekmoqda. Har yili toza ichimlik suvining tanqisligi tufayli 1,2 mln. kishi turli xil xastaliklarga duchor boʻladi, 5 mln. kishi ifloslangan va sifatsiz suvdan isteʼmol qilishga majbur.
1995-yilda “Gidro axborot markazi” tomonidan yer osti suvlarning ifloslanish darajasi boʻyicha olib borilgan monitoring va kuzatuvlar natijasida yer osti suvlarning barcha manbalar boʻyicha bashorat resurslari va zaxiralari qayta hisoblab chiqildi. Bunga koʻra, minerallashgani 1kg/gacha boʻlgan chuchuk suv zaxiralari soʻnggi 30 yil davomida 40% kamaygan. Eng koʻp kamayish respublikaning Gʻarbida, Amudaryoning quyi qismlarida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida kuzatilgan.
Yashil o‘simliklarda kechadigan fotosintez jarayonining ham asosiy homashyosi suv hisoblanadi. Fotosintezda quyosh nuri ta’sirida suv vodorod va kislorodga ajraladi. Kislorod ajralib tashqariga chiqib ketadi, vodorod esa korbanat angidrid bilan birlashib ichki energiya zapasiga kirib ketadi. Shu sababli tirik organizmlar nafas olish va oziqlanish sharoitlari yaratiladi.
Insonlar suvni oldindan muqaddas bilib e‘zozlab, sig‘inishgan suv manbalari bor buloq, ko‘l, daryo va suvga yaqin bor joylarga o‘zlarini yashaydigan joylarini barpo etishgan. Vatanimizda III ming yil oldin yaratilgan zardushtiylik dinining asosiy kitobi bo‘lmish “AVESTO“ kitobida o‘z aksini topadi. Avestoda ham suvni e‘zozlanib buyuk ne’mat deb qaralgan va suvni ifloslash og‘ir gunoh deb bilishgan. Suvni ifloslansa, unga axlat, chiqindi tashlasa u katta amaldor bo‘lsin yoki oddiy inson qattiq jazolangan va o`z yurtidan surgun qilishgan. Qadimgi Mo‘g‘ulistoning turk qabilasi suvni shu darajada muqaddas hisoblaganki, suvga chiqindi tashlash u tarafda tursin, qo‘l yuvish ham uyat sanalgan.
Endi o‘ylab ko‘raylik ichimlik suvidan tashqari boshqa dengiz, okean suvlaridan foydalansak bo‘ladimi? Sho‘r suv ichganimizda hujayralarimiz burishib ichidagi suyuqlik tashqariga chiqadi, natijada yuqoridagi kasalliklarga duch kelishimiz mumkin. Zamonaviy texnalogiyalar; distillator, osmos-teskari osmosga asoslangan texnologiyalar bilan tozalash nihoyatda qimmatga tushadi.
Nafaqat inson, o‘simlik va hayvonlar uchun ichimlik suvi zarur sho‘r suv tuproq suvi zarur. Sho‘r suv tuproqning unumdorligini pasaytiradi, tuproq sho‘rlanishiga olib keladi bu esa o‘z navbatida dehqonchilik xo‘jalik maxsulotlari kamayishiga olib keladi. Shunday ekan biz insonlar ichimlik suvini iloji boricha tejab ishlatmog‘ligimiz kerak. Bizdan keyin ham avlodlarimizga ichimlik suvini qoldirishimiz zarur. Yuvinganda ham isrof qilmaslik, chiqindilarga suvga tashlamslik, zavod-karxonalardan chiqadigan oqova suvlarni oqar suvga tushib aralashmasligini uchun korxonalarda suvni sirkulyatsiya asosida ishlatish kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar. 1. I.R. Asqarov, N.X. To‘xtaboyev, K.G‘. G‘opirov/ o`rta umumta’lim maktablari uchun 7-sinf kimyo darsligi/ 84-90b
2. Shirinova D.O. (2021). kimyoni o‘qitishda talabalaning ekologik intellektual qobiliyatini shakllantirish. academic research in educational sciences, 2(9), 566-570. https://doi.org/ 10.24412/2181-1385-2021-9-571-574
3. www.ziyonet.