2.15. Tarkibida 77,5 % 35Cl va 22,5 % 37Cl bo‘lgan xlor elementining nisbiy atom massasi topilsin (Javob: 35,45).
2.16. Tarkibida 73 % 63Cu va 27 % 65Cu bo‘lgan mis elementining nisbiy atom massasini toping (Javob: 63,54).
2.17. Tarkibida molyar ulushlari 92,3 % 28Si, 4,7 % 29Si va 3,0 % 30Si bo‘lgan kremniy elementining nisbiy atom massasini toping (Javob: 28,1).
2.18. Tarkibida molyar ulushlari 90,0 % 20Ne, 10,0 % 22Ne bo‘lgan neon elementining nisbiy atom massasini toping.
(Javob: 20,2).
2.19. Uglerodning 12C va 13C izotoplari ma'lum, agar uglerodning nisbiy atom massasi 12,011 bo‘lsa, izotoplarning molyar ulushlari qanday bo‘ladi?
Yechish: bundan 1+2=1 bo‘lganligi uchun ikkita ikki noma'lumli tenglama kelib chiqadi:
Bu tenglamalar sistemasi yechilsa, 1=0,989 yoki 98,9 % va 2=0,011 yoki 1,1 % kelib chiqadi.
2.20. Bromning 79Br va 81Br izotoplari ma'lum, uning nisbiy atom massasi 79,9 bo‘lsa, izotoplarning molyar ulushlari qanday bo‘ladi? (Javob: 0,55 79Br; 0,45 81Br).
2.21. Xlorning 35Cl va 37Cl izotoplari ma'lum, uning nisbiy atom massasi 35,45 bo‘lsa, izotoplarning molyar ulushlari qanday bo‘ladi? (Javob: 77,5 % 35Cl; 22,5 % 37Cl).
2.22. Nisbiy atom massasi 20,2 bo‘lgan neonning 20Ne va 22Ne izotoplari ma'lum bo'lsa, ularning molyar ulushlari qanday bo‘ladi? (Javob: 90 % va 10 %).
2.23. Nisbiy atom massasi 10,81 bo‘lgan tabiiy bor 10B izotopining molyar ulushi 19,6 % bo‘lsa, borning yana qanday izotopi bo‘ladi?
Yechish: va bundan x=11 bo'ladi va izlanayotgan izotop 11B ekan.
2.24. Ikki izotopdan iborat nisbiy atom massasi 79,9 bo‘lgan bromning izotoplaridan biri 81Br ning molyar ulushi 0,45 bo‘lsa, uning yana qanday izotopi mavjud? (Javob:79Br).
2.25. Ikki izotopdan iborat, nisbiy atom massasi 35,45 bo‘lgan xlorning izotoplaridan biri 37Cl ning molyar ulushi 0,225 bo‘lsa, uning yana qanday izotopi mavjud? (Javob: 35Cl).
2.26. Uglerodning 12C va 13C, kislorodning 16O, 17O va 18O izotoplaridan nechta CO tarkibli oksidlar hosil bo‘lishi mumkinligini toping.
Yechish: 12C16O; 12C17O; 12C18O; 13C16O; 13C17O; 13C18O.
2.27. Vodorodning 1H; 2H; 3H va kislorodning 16O, 17O va 18O izotoplari ishtirokida nechta H2O tarkibli birikmalar hosil bo‘lishi mumkinligini toping. (Javob: 18).
2.28. Uglerodning 12C, 13C va vodorodning 1H, 2H, 3H izotoplaridan nechta CH4 tuzilishli birikmalar hosil bo‘ladi?
(Javob: 30).
2.29. Kremniyning 28Si, 29Si, 30Si va vodorodning 1H, 2H, 3H izotoplaridan nechta SiH4 turidagi birikmalari hosil bo‘ladi? (Javob: 45).
2.30. Nisbiy atom massasi 190, yadro zaryadi 76 bo‘lgan osmiy atomi yadrosida nechta neytron bor?
Yechish: n=Ar-p=190-76=114.
2.31. Atom massasi 96, yadro zaryadi 42 bo‘lgan Mo izotopi yadrosida nechta proton va nechta neytron bo‘ladi?
Yechish: Yadrodagi protonlar soni atom yadrosining zaryadiga teng. Ar=p+n formula asosida neytronlar soni topiladi:
n=Ar-p=96-42=54.
2.32. Quyidagi izotoplar yadrolaridagi protonlar, neytronlar soni va izotoplarning atom massasini toping: