2.33. Nisbiy atom massasi 238, yadro zaryadi 92 bo‘lgan uran atomi yadrosida nechta neytron bor? (Javob: 146).
2.34. Yadrosida 69 ta proton va 100 ta neytron bo‘lgan tuliy atomining nisbiy atom massasi qancha bo‘ladi?(Javob: 169).
2.35. Yadrosida 75 ta proton va 111 ta neytron bo‘lgan element atomining nisbiy atom massasi qancha bo‘ladi?
(Javob: 186).
2.36. Modda miqdori 1 mol bo‘lgan astat atomi yadrosidagi protonlar soni qancha bo‘ladi?
Yechish: Astatning yadro zaryadi 85, demak, bitta astat atomi yadrosida 85 ta proton bo‘ladi. 1 mol astatdagi atomlar soni 6,02.1023 ta bo‘lganligi uchun Nr=85.6,02.1023=5,12.1025.
2.37. Yadro zaryadi 41, nisbiy atom massasi 93 bo‘lgan 0,1 mol niobiy yadrosida nechta neytron bor? (Javob: 3,13.1024).
2.38. 0,5 mol suvdagi protonlar va elektronlar sonlari qancha bo‘ladi?
Yechish: Kimyoviy formulasi H2O bo‘lgan bir molekula suvdagi har bir vodorodda bittadan, jami ikkita va kislorodda 8 ta proton va shuncha elektron bo‘lganligi uchun 0,5 mol miqdor suvda Np=10.6,02.1023.0,5=3,01.1024 ta proton va shuncha elektron bor.
2.39. Quyidagi modda va ionlar tarkibidagi protonlar va elektronlar sonini aniqlang:
2.3. YADRO REAKSIYALARI Atomlarning yadrolari reaksiyalarga kirishib, boshqa atomlar yadrolariga aylanadi (A.Bekkerel, 1896 y.). Ayrim yadrolar beqaror, ular o‘z-o‘zidan parchalanib, nur chiqaradi (radioaktivlik). Radioaktivlikka ega bo‘lgan izotoplar radioaktiv izotoplar (radioizotoplar) deyiladi. Masalan, radioaktivlik tufayli alfa zarrachalar (geliy atomi yadrosi) chiqarib turadi:
.
Ushbu tenglamada massa sonlar yig‘indisi (238=234+4) va yadro zaryadlari yig‘indisi (92=90+2) teng.
Atomlarning yadrolarini bombardimon qilib ham yadro reaksiyalarini amalga oshirish mumkin. Bombardimon qilish uchun neytron, proton, , , zarrachalar yoki engil elementlar yadrolari ishlatiladi.
Alfa-nurlar () geliy yadrosi bo‘lib, massa soni 4 ga, zaryadi +2 ga teng. Beta-nurlar () elektronlar dastasidan iborat bo‘lib, massasi nolga, zaryadi -1 ga teng.
Beta nurlanishda yadrodagi neytronlardan biri protonga aylanadi: va shuning uchun atomning yadro zaryadi ortadi.
Pozitron ( ) chiqarish natijasida ham yadro reaksiyasi sodir bo‘ladi. Pozitron elektronday massaga ega bo‘lgan musbat zaryadli zarracha bo‘lib, u protonning parchalanishi tufayli hosil bo‘ladi: . Pozitron juda qisqa vaqt mavjud bo‘la oladi. Pozitron elektron bilan birikib gamma zarrachaga aylanadi:
.
Gamma nurlar qisqa to‘lqin uzunligiga ega bo‘lgan (yuqori energiyali fotonlar) elektromagnit nurlardir. Uni tarzda belgilash mumkin. Gamma nur chiqqanda yadro o‘z massa sonini ham, yadro zaryadini ham o‘zgartirmaydi, bunday nurlanish boshqa biror radioaktiv nurlanish bilan bog‘liq bo‘ladi.
Elektronning yadroga qulashi natijasidagi yadro reaksiyasida atom yadrosining zaryadi kamayadi:
,
bunda bitta proton neytronga aylanadi: .
2.40. Quyidagi yadro reaksiyasining tenglamasini tugallang: .
Yechish: Tenglamani tugallash uchun massa sonlari va yadro zaryadlarini hisoblaymiz: 27+4-30=1 va 13+2-15=0. Demak, yadro reaksiyasi natijasida massa soni 1, yadro zaryadi nol bo‘lgan zarracha - neytron ( ) ajralib chiqar ekan, ya'ni:
Ushbu reaksiya tenglamasini qisqartirilgan shaklda tasvirlasak: bo'ladi.
2.41. Quyidagi yadro reaksiyalarining tenglamalarini tugallang: a) b)
c) d)
e) f)
g) h)
(Javob: a - b - c - d - e - f - g - h - ).
2.42. Quyidagi yadro reaksiyasida hosil bo‘ladigan mahsulotni aniqlang: .
Yechish: 4 ta alfa zarracha ajralib chiqqanda mahsulotning massa soni 4.4=16 ga, yadro zaryadi esa 4.2=8 ga kamayadi. 2 ta beta zarracha ajralib chiqqanda mahsulotning massa soni o‘zgarmaydi, lekin uning yadro zaryadi 2 taga ortadi, ya'ni
238-(16+0)=222; 92-8+2=86.
Demak, yadro reaksiyasi natijasida massa soni 222, zaryadi 86 bo‘lgan yadro - hosil bo‘ladi.