Kimyodan sinfdan tashqari ishlarning talim tarbiya jarayonidagi o’rni va ahamiyati


)Kimyodan o’tkaziladigan kitobxonlik seminarlarini o’tkazish metodikasi



Yüklə 33,88 Kb.
səhifə12/12
tarix30.03.2023
ölçüsü33,88 Kb.
#91656
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
KSTI

3)Kimyodan o’tkaziladigan kitobxonlik seminarlarini o’tkazish metodikasi. Sinfdan tashqi mashg’ulotlarning ommaviy formalari jumlasiga sinfdan tashqi kitobxonlik, sayohatlar, kimyoviy olimpiadalar, maktab kimyo kechalari, o’quv kinoseanslari va boshqa tadbirlar kiradi. Sinfdan tashqi kitobxonlik sinfdan tashqi mashg’ulotlarning eng oson va shu bilan birga, eng h turidir. Sinfdan tashqi kitobxonlik o’quvchilarning saviyasini o’stirib, kengaytiribgina qolmasdan, balki bir qator hollarda, ularning bo’lajak ixtisosini va amaliy hayotning butun usulini ‘am belgilab beradi. Buyuk kishilarning qariyb hammasi, mening hayotimda kitoblar birinchi o’rinlardan birida turdi, deb o’z tarjimai hollarida ta’kidlab o’tadilar, bu narsa bekorga aytilgan emas. Kimyo o’qituvchisi a) o’quvchilarda kimyo kitoblariga va kundalik matbuotga qizg’in havas uyg’otishi; b) o’quvchilarning adabiyotdan eng samarali suratda, mustaqil tarzda foydalanishiga yordam berishi; v) o’quvchilarning kitobga bo’lgan havasini sekin-asta oshirib borishi o’quvchilarda inson bilimlarining, g’oyalarining fikr va hissiyotining bitmas-tugalmas manbai bo’lgan kitobga muhabbatini o’stirishi kerak. O’qituvchi o’quvchilarni kimyo kitoblariga va kundalik matbuotga o’quv ishi jarayonida qiziqtirib boradi, albatta. O’qituvchi, darsda biror masalani oydinlashtirish munosabati bilan, kerakli va qiziqarli kitoblarni, kitobchalar va maqolalarni o’quvchilarga aytadi, ulardan eng yorqin parchalar o’qib beradi., ularning hammasini qisqacha tasvirlaydida va ko’rsatadi o’qishni o’quvchilarga tavsiya etadi. Ammo kimyo o’qituvchisi o’quvchilarning ilmiy-ommabop adabiyotni mustaqil o’qishiga dars vaqtlarida ra’barlik qilish imkoniyatiga ega bo’lmaydi. Bu rahbarlikni sinfdan tashqi maxsus mashg’ulotlardagina qilish mumkin.
5)Kimyodan ekskursiyalar tashkillash. Umumiy ta'lim o'rta maktabda o'quvchilarni amaliy jihatdan tayyorlash uchun eng muhim vositalaridan biri ishlab chiqarishlarda o'tkaziladigan ekskursiyalardir. Ishlab chiqarishlarda o'tkaziladigan ekskursiyalar ta'lim tarbiya jihatidan katta ahamiyatga ega. Ekskursiyalar nazariya bilan amaliyotni bir-biri bilan chambarchas bog'laydi. O'quvchilarda mehnatga bo'lgan va kasbga moyillik bor-yo'qligini aniqlashda yordam beradi. Ekskursiya uchun ob'yekt sifatida faqat yirik va faqat kimyoviy ishlab chiqarishlardan emas, balki, kimyoviy bo'lmagan kichiqroq ishlab chiqarishlardan ham foydalanish mumkin. Ekskursiya o'tkaziladigan bu ishlab chiqarishlarda o'quv dasturida ko'rsatilgan jarayonlar bo'lishi kerak. O'tilgan va o'tiladigan o'quv materiali unda qo'llanilgan ko'p ko'rgazmali va kimyoviy tajribalar yordamida kimyoviy moddalar va kimyoviy jarayonlar sanoatda qo'llanishini faqatgina ekskursiya vaqtida o'quvchilarga aniq dalillar bilan tushuntirish mumkin. Ekskursiya davomida o'quvchilar sanoatdagi xom ashyo va undan olingan mahsulotlar, asosiy va qo'shimcha apparatlarning ishi va tuzilishi, texnologik jarayonlar bilan tanishib kimyoviy sanoat haqida aniq tushunchaga ega bo'ladi. Bunda dars davomida ko'rilmagan ayrim tajribalarni, muhandislik inshootlarni o'z ko'zi bilan ko'radi. Bu ekskursiyalar davomida aniq misollarda xom ashyoni kompleks qayta ishlash yo'llari, qo'shimcha mahsulotlardan to'g'ri foydalanish hamda sanoat texnologiyasini yanada mukamallashtirish yo'llarini hozirgi zamon fan yutuqlari orqali tushuntirish mumkin. Ekskursiya davomida o'quvchilar kuchi bilan kimyodan ko'rgazmali qurollar, kollekziyalar, sxema, maketlar, modellar yasash, shu davr ichida ularni grafik ma'lumotini oshirish, apparatlarni sxemasini chizishni o'rgatish mumkin. O'quv ekskursiyalarni o'tkazishga tayyorgarlik ekskursiya ob’yektini tanlashdan boshlanadi.



Yüklə 33,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin