+4 qatorda ortib boradi. Harorat ko‘tarilishi bilan tanlab yutilish bir qadar kamayadi.
Ion almashinish xromatografiyasi aralashmalarni tarkibiy qism- larga ajratish maqsadida ishlatiladi. Ajratilgandan keyin kompo- nentlarning miqdorini biror maqbul usul bilan aniqlash mumkin. Masalan, kationlarni topishda xalaqit beradigan anionlar
(C O2, PO3
va boshqalar)ni xromatofafik analizni qo‘llash bilan
2 4 4
chiqarib yuborish mumkin:
3[
RNH + ]
OH − +
CaHPO ← →[
RNH +]
PO +
Ca+2 +
H O
3 4 3 3 4 2
Ion almashinish xromatografiyasi miqdoriy analizda ham qo‘llaniladi. Masalan, klassik analiz usullari bilan namunadagi ishqoriy metallar miqdorini aniqlash juda qiyin bo‘lgani holda xromatografik analiz bilan oson aniqlash mumkin.
Ion almashinish jarayonlaridan qiyin eruvchan birikmalarni eritmaga o‘tkazish uchun ham foydalaniladi. Ionitlar faqat elek- trolitlar bilangina emas, balki qiyin eriydigan moddalarning (masalan,
kalsiy karbonat, qo‘rg‘oshin xlorid, bariy sulfat) cho‘kmalari bilan ham ma’lum darajada reaksiyaga kirishishi mumkin. Agar H
+ yoki Na
+ shakllari kationit qo‘rg‘oshin sulfat suspenziyasi bilan birga chayqatilsa, qo‘rg‘oshin sulfat sekin eriydi va, nihoyat, sulfat kislota yoki natriy sulfat hosil bo‘ladi.
Nitrat
ionlar NO– bilan to‘yintirilgan ionit ham shunga o‘xshash ta’sir ko‘rsatadi. Bunda qo‘rg‘oshin sulfat eritmasi ish- latiladi. Qo‘rg‘oshin sulfat PbSO
4 cho‘kmasi Pb
2+ va SO
2– ionlari bilan muvozanatda bo‘ladi:
2+ 2−
4
↓PbSO4 ← → Pb + SO
Eruvchanlik ko‘paytmasiga muvofiq ravishda eritmada juda ki- chik konsentratsiyada bo‘lsa ham qo‘rg‘oshin ionlari bo‘ladi:
EK = [Pb2+]⋅[SO 2−] ; EK PbSO =CPb2 ⋅C
2−
PbSO4
4 4 +
SO4
Bunday eritmaga ionit kiritilganda u qo‘rg‘oshin ionlarini erit- madan yutadi va boshqa kationlarga (masalan, vodorod ionlariga) almashtiradi:
2H+ + Pb2+ → Pb2+ + 2H+
Buning natijasida muvozanat buziladi va qattiq PbSO4 dissotsi-
2
lanadi. Cho‘kmadan eritmaga qo‘shimcha Pb2+ va SO–
ionlar
o‘tib, eruvchanlik ko‘paytmasining qiymati tiklangunga qadar dissotsilanish davom etadi. Ionitdan yana qo‘shib turish yo‘li bilan cho‘kmani eritish mumkin. Hozirgi
vaqtda ionitlar yordamida BaSO4, AgCl va b. cho‘kmalarni eritmaga o‘tkazish usullari topil- gan.
Suvni tuzlardan tozalash – deminerallashning ion almashi- nishga asoslangan usuli katta amaliy ahamiyatga ega. Uning mo- hiyati shundan iboratki, tozalashga mo‘ljallangan suvga bir vaqt- ning o‘zida H
+ shaklidagi kationit va OH
– shakldagi anionit bilan ishlov beriladi. Kationitdagi almashish
natijasida eritmada H+ ionlari paydo bo‘ladi:
HR + M
+= MR + H
+
Anionitda esa:
ROH + X
– = RX + OH
–
bo‘yicha OH
– ionlari hosil bo‘ladi. Ajralib chiqqan H
+ va OH
– ionlari o‘zaro ta’sirlashib suv hosil qiladi:
H
+ + OH
– = H
2O
Natijada toza, deminerallangan suv olinadi. Undan laboratori- yalarda distillangan suv o‘rnida foydalaniladi.
Keyingi vaqtlarda elektr-kimyoviy maqsadlar uchun maxsus ion almashinuvchi membranalar tayyorlanmoqda. Ular ham ion almashinish, ham membrana – yarim o‘tkazgich
parda xossalari-
ga ega. Ammo bu ion almashinuvchi membranalarning ion o‘tkazish xususiyati tanlovchan bo‘ladi.
Shunday qilib, xromatografiya ko‘p komponentli aralashma- larni tarkibiy qismlarga ajratish va moddalarning fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganish usuli tarzida juda keng qo‘llaniladi. Bu usul murakkab tarkibli suyuq va gazsimon aralashmalarni analiz qi- lishning samarali usulidir. Bu usulda qattiq moddalar suyuq yo- ki gazsimon holatga o‘tkazilgandan keyin analiz qilinadi. Xro- matografiya usuli faqat kimyoda va biologiyadagina emas, balki fan va texnikaning boshqa ko‘pchilik sohalarida ham muvaffaqi- yat bilan qo‘llanilmoqda. Gaz xromatograflari Venera (Zuhra) atmosferasiga tushirilgan asboblarda yaxshi ishlaydi. Demak, analizning xromatografiya usuli ajratish va tekshirish usuli bo‘libgina qolmay, u, shuningdek, ilmiy-tadqiqot usuli hamdir, deyish mumkin.
Dostları ilə paylaş: