Kimyoviy analiz metodlari ma’ruza matni


Suvning qattiqligini kompleksonometrik usulda aniqlash



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə60/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#163257
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   103
analizning kimyoviy usullari o\'zbek (2)

Suvning qattiqligini kompleksonometrik usulda aniqlash


Suvning qattiqligi kalsiy va magniyning 1 litr suvdagi milli- gramm-ekvivalent miqdori bilan ifodalanadi.
Umumiy qattiqlik qora erioxrom T ishtirokida komplekson III eritmasi bilan titrlash orqali aniqlanadi. Kalsiy va magniyning miq- dorini alohida-alohida aniqlash zaruriyati tug‘ilganda dastlab ular- ning umumiy miqdori aniqlanadi, so‘ngra alohida namuna kalsiy oksalat ko‘rinishida cho‘ktiriladi va magniy ionlari titrlanadi.
Suvning qattiqligini kompleksonometrik titrlash yo‘li bilan aniqlash texnik analizlarda ko‘p qo‘llaniladi. Suvning qattiqligi muvaqqat (vaqtinchalik) va doimiy qattiqlikka bo‘linadi; muvaqqat qattiqlikni tekshirishda magniy va kalsiy bikarbonatlari aniqlanadi. Ular qaynatilganda karbonatlar holida cho‘kmaga tushadi:

Mg(HCO )
t , oC
MgCO
↓+H O +CO

3 2  →

3 2 2


Ca(HCO )
t , oC
CaCO
↓+H O +CO

3 2  →

3 2 2


Doimiy qattiqlik magniy va kalsiy sulfatlari hamda xloridlari borligining natijasidir. Kalsiy va magniy tuzlarining umumiy miq- dori suvning umumiy qattiqligini ifodalaydi.

Tabiiy suvning (vodoprovod suvining) qattiqligi 1 litr suvdagi kalsiy va magniy ionlarining milligramm-ekvivalentlari soni yig‘in- disiga teng.
Analiz vaqtida tekshirilayotgan suvga ammoniyli bufer eritma qo‘shish bilan uning muhiti pH=10 ga yetkaziladi. Indikator sifa- tida qora erioxrom T qo‘shilganda, u Ca2+ va Mg2+ ionlari bilan to‘q qizil rangli suvda eriydigan komplekslar hosil qiladi va eritma to‘q qizil tusga kiradi.
Aniqlanadigan aralashmadagi (ammoniyli bufer eritma, indi- kator – qora erioxrom T ishtirokida) Ca2+ va Mg2+ ning umumiy miqdori komplekson III bilan titrlab aniqlanadi. Reaksiya quyi- dagicha boradi:
Ca2++ HJnd2– = [CaJnd] +H+ Mg2++ HJnd2– = [MgJnd] +H+
Hosil bo‘lgan beqaror rangli komplekslar komplekson III ta’sirida parchalanadi va ancha barqaror rangsiz komplekslar hosil bo‘ladi:
[CaJnd]+Na2[H2Y]=Na2[CaY]+HJnd2–+H+ [MgJnd]+Na2[H2Y]=Na2[MgY]+HJnd2–+ H+
Ekvivalentlik nuqtasida eritmaning to‘q qizil rangi indikator
anionlarining to‘planishi natijasida ko‘k tusga o‘zgaradi.
Ayrim qo‘shimchalar ishtirokida analizning borishi o‘zgaradi. Masalan, mis va rux ionlari suvning qattiqligini komplekso- nometrik aniqlashga xalal beradi. Shu sababli bu ionlar sulfid ko‘rinishiga o‘tkaziladi, marganes oksidlanib qolmasligi uchun esa gidroksilamin qo‘shiladi.
Suvda Cl, SO–2 va NSO–3 ionlarining bo‘lishi umumiy qat- tiqligini aniqlashda xalaqit bermaydi, chunki EKCaCO3komp·Ca2+. Kalsiy karbonat cho‘kmasi erib ketadi va kalsiy komplekson III bilan to‘liq titrlanadi. Hisoblashda quyidagi formuladan foy-
dalaniladi:
K = 0, 05⋅V ⋅1000 mg / ekv

Bunda:
H2O


VH2O l

KH2O – suvning mg. ekv/l hisobidagi qattiqligi;

V – komplekson III eritmasining berilgan suvni titrlash uchun sarflangan hajmi, ml;

2
VH O – suvning titrlash uchun olingan hajmi, ml;
0,05 – komplekson III eritmasining normal konsentratsiyasi.
Kompleks hosil bo‘lish reaksiyasiga asoslangan titrimetrik usullarning ichida katta ahamiyatga ega bo‘lgani bu komplekson- lardan foydalanish usulidir. Deyarli barcha kationlar komplek- sonlar bilan barqaror kompleks birikmalar hosil qiladi. Shuning uchun kompleksonometrik titrlash usullari universal bo‘lib, ular- dan turli xil obyektlarni analiz qilish uchun foydalanish mumkin. Titrlashda ekvivalentlik nuqtasini aniqlash uchun rangli indika- torlar ishlab chiqilgan. Kompleksonometrik titrlashning usullari to‘xtovsiz ravishda takomillashmoqda. Yuqori selektivlikka (tan- lab ta’sir etishga) ega bo‘lgan yangi turdagi kompleksonlar va yangi indikatorlar sintez qilinmoqda. Shu bilan bir qatorda komp- leksonometrik usullarini qo‘llashning yangi sohalari bugungi kun- da kengayib bormoqda.

Yüklə 3,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin