Ammoniy rodanid NH4CNS ning titrlangan ish eritmasini tay-yorlash. Ammoniy rodanid NH4CNS ning ish eritmasi 0,05 n va kuchliroq qilib tayyorlanadi. Kichik konsentratsiyali eritmaning rangi nihoyatda och bo‘ladi va ekvivalentlik nuqtasini aniqlash qi- yinlashadi. Tortim bo‘yicha ammoniy (yoki kaliy) rodanidning aniq konsentratsiyali (titrlangan) eritmasini tayyorlab bo‘lmaydi, chunki bu tuzlar gigroskopikdir. Shuning uchun rodanidning tax- miniy konsentratsiyali eritmasi tayyorlanadi-da, uning aniq kon- sentratsiyasini belgilashda kumush nitratning titrlangan (standart) eritmasidan foydalaniladi. Ekvivalentlik nuqtasini aniqlashda in- dikator sifatida temir (III) tuzining eritmasi ishlatiladi.
100 ml 0,05 n konsentratsiyali ammoniy rodanid eritmasinitayyorlash. NH4CNS ning ekvivalent massasi uning molekular massasiga teng, ya’ni 76,12 g. Shuning uchun taxminiy konsen- tratsiyasi 0,05 n bo‘lgan 0,1 litr eritma tayyorlash uchun zarur bo‘lgan ammoniy rodanid tuzi miqdori 76,12•0,05•0,1 = 0,3806 g bo‘lishi kerak.
Analitik tarozida ammoniy rodaniddan 0,3–0,4 g atrofida tor- tim o‘lchab olinadi va sig‘imi 100 ml li o‘lchov kolbasiga solinadi,
distillangan suvda eritiladi, eritmaning hajmini kolba belgisiga qa- dar yetkazib, eritma yaxshilab chayqatiladi.
Tayyorlangan ammoniyrodanideritmasiningnormalliginianiqlash. Byuretkani yuvib tozalab, ammoniy rodanid eritmasi bi- lan chayib, taxminiy konsentratsiyali NH4CNS ning eritmasi to‘ldiriladi. Pipetka kumush nitratning standart eritmasi bilan chayiladi va uning yordamida AgNO3 eritmasidan 10,00 ml o‘l- chab, konussimon kolbaga quyiladi. Unga 1 ml temir ammoniyli achchiqtosh (indikator) eritmasi va 3 ml 6 n HNO3 (nitrat kislo- ta) eritmasi solinadi. Sekin, ammo to‘xtovsiz chayqatib turgan holda byuretkadagi rodanid eritmasi bilan titrlanadi. Qattiq chay- qatilganda ham yo‘qolmaydigan qizg‘ish-pushti rang paydo bo‘lgandan so‘ng titrlash to‘xtatiladi.
Titrlash 2–3 marta takrorlanadi, o‘xshash natijalardan o‘rta- cha qiymat chiqariladi va ammoniy rodanid eritmasining nor- malligi hisoblab chiqiladi.
Masalan, 10,00 ml 0,0103 n kumush nitrat eritmasini titrlash uchun o‘rtacha 2,06 ml ammoniy rodanid eritmasi sarflangan. U holda:
NNHCNS ⋅VNHCNS =NAgNO ⋅VAgNO 4 4 3 3