15-rasmdan va 2-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, ayni ekvi- valentlik nuqtasi 4,885 pCl dan (4 dan 6 gacha) va pAg (6 dan 4) ga qadar keskin o‘zgaradi.
NaCl ni AgNO3 eritmasi bilan titrlash egri chizig‘i ekviva- lentlik nuqtasiga nisbatan simmetrikdir.
pCl
Sakrash chizig‘i
16-rasm. NaCl ning 0,1 n eritmasini AgNO3 ning 0,1 n eritmasi bilan titrlash egri chizig‘i.
Bu egri chiziq pCl hamda pAg o‘zgarishini titrlash jarayoni- ning turli daqiqalarida kuzatib borish imkonini beradi. Titr- lashning dastlabki paytida eritmada pCl asta-sekin, ekvivalentlik nuqtasi yaqinida esa juda tez (sakrab) o‘zgaradi.
NaCl va AgNO3 eritmalarining konsentratsiyalari kamaysa, titrlash egri chizig‘ining keskin o‘zgarish chegarasi juda qisqaradi va hatto yo‘qolib ketishi mumkin.
Titrlash egri chizig‘idagi keskin o‘zgarish reaksiyaga kirishuv- chi moddalar eritmalarining konsentratsiyalaridan tashqari cho‘kmaning EK qiymatiga ham bog‘liq. Masalan, KJ ning 0,1 n eritmasini AgNO3 ning 0,1 n eritmasi bilan titrlaganda hosil bo‘ladigan AgJ cho‘kmasining EK qiymati 1·10–16 ga teng, ya’ni EK ga qaraganda taxminan 1 million marta kichik bo‘ladi. Shun- ga muvofiq bu holda ekvivalentlik nuqtasida:
[J−] = [Ag+] = = 10−8g ion/l, 4
4
ya’ni pJ = pAg = 8 bo‘ladi; pJ ning keskin o‘zgarishi pJ = 4 da boshlanib, pJ = 12 da tugaydi, ya’ni 8 birlikka o‘zgaradi. Demak, titrlash vaqtida hosil bo‘ladigan birikmaning eruvchanligi qancha kichik bo‘lsa, titrlash egri chizig‘idagi keskin o‘zgarish sohasi shuncha katta bo‘ladi. Aksincha, cho‘kmaning eruvchanligi qan- cha katta bo‘lsa, keskin o‘zgarish sohasi shuncha kichik bo‘ladi va hatto yo‘qolib ketishi mumkin. Masalan, Pb(NO3)2 ning 0,1 n eritmasini Na2SO4 ning 0,1 n eritmasi bilan titrlashda hosil bo‘ladigan cho‘kma uchun EKPbSO =1·10–8 bo‘lib, pPb ning kes- kin o‘zgarishi atigi 0,4 birlikka teng; CaSO4 ni cho‘ktirishda EKCaSO =1·10–8 esa keskin o‘zgarish mutlaqo bo‘lmaydi.
Argentometriya
Argentometriya usuli xlorid va bromid ionlarini kumush ion- lari ta’sirida cho‘ktirish reaksiyalariga asoslangan bo‘lib, bunda qiyin eriydigan kumush galogenidlari hosil bo‘ladi:
NaCl+AgNO3=AgCl↓ +NaNO3 Cl–+Ag+=AgCl↓
NaBr+AgNO3=AgBr↓ +NaNO3 Br-+Ag+=AgBr↓
Bu usulda ishchi eritma sifatida AgNO3 eritmasi ishlatiladi. Agar biror modda tarkibidagi kumush ioni miqdori aniqlanayot- gan bo‘lsa, ishchi eritma sifatida NaCl yoki KCl ning titrlangan eritmasi ishlatiladi.
Cho‘ktirish usulida ekvivalentlik nuqtasini aniqlashda indika- tordan foydalaniladi. Masalan, xlorni argentometriya usulida
aniqlashda titrlash oxiri indikator – kaliy xromat K2CrO4 yor- damida aniqlanadi (Mor usuli).
Kaliy xromatning indikator sifatida ishlatilishi uning kumush ionlari bilan qizil-g‘isht rangli kumush xromat Ag2CrO4 cho‘kmasi hosil qilishga asoslangan:
CrO−2+ 2Ag+= AgCrO↓
4 2 4
Kumush xromatning eruvchanligi (1·10–4 mol/l) kumush xlo- ridning (1,25·10–4 mol/l) yoki kumush bromidning (7,94·10–4 mol/l) eruvchanligidan ancha katta. Shuning uchun tarkibida Cl– yoki Br ionlari bo‘lgan eritmalar kumush nitrat eritmasi bilan titr- langanda avval AgCl yoki AgBr cho‘kmasi hosil bo‘ladi. Hamma galogenidlar cho‘kib bo‘lgandan so‘ng Cr4–2 ionlari bilan Ag+ ionlari o‘rtasida reaksiya boshlanib, rangli cho‘kma hosil bo‘ladi. Limon-sariq rangning (H2CrO4 ga xos rang) ekvivalentlik nuqta- siga erishilganlikni ko‘rsatuvchi och pushti rangga aylanganligi aniq sezilgan zahoti titrlashni to‘xtatish zarur. Rang o‘zgarishini aniq sezib olish uchun guvoh eritmadan foydalanish yana ham yaxshi. Argentometriya usulining qo‘llanilish sohasi biroz chega- ralangan. Uni faqat neytral va kuchsiz ishqoriy muhitda pH=7,0 dan 10,0 gacha bo‘lganda qo‘llash mumkin. Kislotali eritmalarda Ag2CrO4 cho‘kmasi eriydi, kuchli ishqoriy muhitda esa Ag+ion- lari ON– ionlari bilan AgOH hosil qiladi, u esa parchalanib eri- maydigan Ag2O va suvga aylanadi:
2AgOH=Ag2O↓ +H2O
Ushbu usulni tarkibida NHJ ionlari mavjud bo‘lgan eritmalar ishtirokida qo‘llab bo‘lmaydi, chunki AgCl va Ag2CrO4 cho‘kmalari kompleks tuz hosil qilib eriydi:
AgCl+2NH4OH=[Ag(NH3)2]Cl+2H2OAg2CrO4+2NH4OH=[Ag(NH3)2]2CrO4+2H2O Argentometriya usulini K2CrO4 bilan cho‘kma hosil qiladigan
Ba2+, Pb2+, Br3+ va boshqa ionlar ishtirokida, shuningdek, tarkibida rang o‘zgarishini aniqlashga xalal beradigan rangli birikmalar bo‘ladigan eritmalarda ham qo‘llab bo‘lmaydi. Agar Cl– va Br– ion- lari bo‘lgan eritmalar tiniq va rangsiz bo‘lsa, argentometriya analiz uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan eng qulay usul hisoblanadi.
Shuni unutmaslik kerakki, tarkibida kumush ionlari bo‘lgan eritmalarni rakovinaga to‘kmaslik kerak, ular maxsus idishga yig‘iladi, chunki foydalanilgan eritmalardan kumush qayta ajratib olinadi.