Kompleks hosil qilish usullari. Kompleks hosil qilish usullari kompleks hosil bo‘lish reaksiyalariga asoslangan. Masalan:
Ag+2CN–→[Ag(CN)2]– A13++6F–→[A1(F6)]–3 Kompleks hosil qilish usullaridan foydalanib kompleks hosil bo‘lish reaksiyalariga kirishishga moyil bo‘lgan turli xil kationlar: Ag+, Hg+, Al3+, Co2+, Mg2+, Zn2+ va CN–, J–, Cl– kabi anion- larni miqdoriy aniqlash mumkin. Kompleks hosil bo‘lishi usullari orasida kompleksonometriya (kompleksonometrik titrlash) deb ataluvchi usul alohida o‘rinni egallaydi. Bu usul ko‘pgina kation- lar bilan kompleks birikmalar hosil qiluvchi amino-polikarbon kislotalar bilan mustahkam kompleks birikmalar hosil qilish reak- siyalarini qo‘llashga asoslangan.
Cho‘ktirishhamdakomplekshosilbo‘lishiusullariorasidagibog‘liqlik. Cho‘ktirish usullari kompleks hosil qilish usullari bilan uzviy bog‘liq, chunki ko‘pgina cho‘ktirish reaksiyalari kompleks hosil bo‘lishi bilan boradi, kompleks hosil bo‘lishi esa kam eruv- chan birikmalarning cho‘kmaga tushishi bilan boradi. Masalan: AgCl – cho‘kma, [AgCl2]– – ortiqcha Cl– ta’sirida AgCl hosil bo‘ladigan kompleks ion.
AgCN – cho‘kma, [Ag(CN)2]– – ortiqcha CN– ta’sirida hosil bo‘ladigan kompleks ion.
AgCNS – cho‘kma, [Ag(CNS)2]– – ortiqcha CNS– ta’sirida hosil bo‘ladigan kompleks ion.
Kompleks hosil bo‘lgan reaksiyalar o‘z navbatida kam dissot- silanuvchi tuzlarning hosil bo‘lish reaksiyalariga yaqinlashadi. Shuning uchun cho‘ktirish usullari kompleks hosil bo‘lish ham- da kuchli elektrolitlar hosil bo‘lish usullari bilan birgalikda qaraladi.