Kimyoviy analiz metodlari ma’ruza matni


Kompleks hosil qilish usullari



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə51/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#163257
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   103
analizning kimyoviy usullari o\'zbek (2)

Kompleks hosil qilish usullari. Kompleks hosil qilish usullari kompleks hosil bo‘lish reaksiyalariga asoslangan. Masalan:
Ag+2CN →[Ag(CN)2]
A13++6F →[A1(F6)]–3
Kompleks hosil qilish usullaridan foydalanib kompleks hosil bo‘lish reaksiyalariga kirishishga moyil bo‘lgan turli xil kationlar: Ag+, Hg+, Al3+, Co2+, Mg2+, Zn2+ va CN, J, Cl kabi anion- larni miqdoriy aniqlash mumkin. Kompleks hosil bo‘lishi usullari orasida kompleksonometriya (kompleksonometrik titrlash) deb ataluvchi usul alohida o‘rinni egallaydi. Bu usul ko‘pgina kation- lar bilan kompleks birikmalar hosil qiluvchi amino-polikarbon kislotalar bilan mustahkam kompleks birikmalar hosil qilish reak- siyalarini qo‘llashga asoslangan.
Cho‘ktirish hamda kompleks hosil bo‘lishi usullari orasidagi bog‘liqlik. Cho‘ktirish usullari kompleks hosil qilish usullari bilan uzviy bog‘liq, chunki ko‘pgina cho‘ktirish reaksiyalari kompleks hosil bo‘lishi bilan boradi, kompleks hosil bo‘lishi esa kam eruv- chan birikmalarning cho‘kmaga tushishi bilan boradi. Masalan: AgCl – cho‘kma, [AgCl2] – ortiqcha Cl ta’sirida AgCl hosil bo‘ladigan kompleks ion.
AgCN – cho‘kma, [Ag(CN)2] – ortiqcha CN ta’sirida hosil bo‘ladigan kompleks ion.
AgCNS – cho‘kma, [Ag(CNS)2] – ortiqcha CNS ta’sirida hosil bo‘ladigan kompleks ion.
Kompleks hosil bo‘lgan reaksiyalar o‘z navbatida kam dissot- silanuvchi tuzlarning hosil bo‘lish reaksiyalariga yaqinlashadi. Shuning uchun cho‘ktirish usullari kompleks hosil bo‘lish ham- da kuchli elektrolitlar hosil bo‘lish usullari bilan birgalikda qaraladi.

      1. Yüklə 3,86 Mb.

        Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin