Kimyoviy analiz metodlari ma’ruza matni


Cho‘ktirish va kompleks hosil qilish usullarining tasnifi



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə52/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#163257
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   103
analizning kimyoviy usullari o\'zbek (2)

Cho‘ktirish va kompleks hosil qilish usullarining tasnifi


Cho‘ktirish va kompleks hosil qilish usullari quyidagicha tas- niflanadi:
Argentometriya – standart kumush nitrat eritmasining qo‘llani- lishiga asoslangan hajmiy analiz usullari. Argentometriya o‘z nav- batida quyidagi usullarga bo‘linadi:

  1. Gey-Lyussak usuli kumush ionlari hamda galogen ionlari (Hal) orasida boradigan va indikator bo‘lmagan holda bajariladi- gan reaksiyalarga asoslangan:

Ag++HalAgHal
Bu usulda, masalan, bromidlarni titrlash quyidagicha boradi: tarkibida Br bo‘lgan analiz qilinayotgan eritmaga byuretkadan oz-ozdan AgNO3 ning standart eritmasi quyiladi. Natijada suz- masimon AgBr cho‘kmasi hosil bo‘ladi va eritma loyqalanib qola- di. Kumush nitratning keyingi qismlari cho‘kma ustidagi eritma sal tiniqlashgandan keyingina qo‘shiladi.
AgNO3 eritmasining keyingi qo‘shilgani yana AgBr cho‘kmasi hosil qilmasa, u holda byuretkadan standart eritma quyish to‘xtatiladi. Bu paytda titrlanayotgan eritma batamom tiniqlasha- di va ekvivalentlik nuqtasida AgBr ning koagullanishi natijasida ti- niq holga keladi. Bu usul tiniqlashtirish usuli deb ham ataladi. Hozirgi paytda amaliyotda qo‘llanilmaydi;

  1. Mor usuli Ag+ va Cl orasida boradigan reaksiyalarga asos- langan bo‘lib, indikator – kaliy xromat eritmasi ishtirokida baja- riladi.

Tajriba quyidagicha olib boriladi: tarkibida Cl bo‘lgan tek- shirilayotgan eritmaga byuretkadan tomchilab AgNO3 ning stan- dart eritmasi qo‘shiladi. Bunda AgCl cho‘kmasi hosil bo‘ladi.
AgNO3 eritmasi analiz qilinayotgan eritmadagi Cl miqdori- ga ekvivalent nisbatda yetarli miqdorda qo‘shilguncha AgCl
hosil bo‘lishi davom etaveradi. Ekvivalentlik nuqtasiga erishil- gandan so‘ng qo‘shilgan AgNO3 eritmasining ortiqcha bir tom- chisi Ag+ ionining indikator ionlari bilan o‘zaro ta’siri oqibati- da hosil bo‘luvchi qizil cho‘kma – Ag2CrO4 tushishiga olib keladi:
2Ag+ + CrO 2 = Ag CrO
4 2 4
Shunday qilib, Mor usulida ekvivalentlik nuqtasi Ag2CrO4 ta’sirida eritmaning qizil tusga kirishi orqali aniqlanadi;
d) Folgard usuli Ag+ va CNS orasida boradigan reaksiyalar- ga asoslangan hamda temir (III) ionlari – indikator ishtirokida bajariladi.
Tajriba quyidagicha olib boriladi: tarkibida Ag+ bo‘lgan analiz qilinayotgan eritmaga byuretkadan tomchilab NH4CNS standart eritmasi quyiladi. Bunda AgCNS ning kam eruvchan cho‘kmasi hosil bo‘ladi:
Ag++CNS AgCNS
Analiz qilinayotgan eritmadagi Ag+ ioniga titrlangan, konsen- tratsiyasi aniq NH4CNS eritmasi yetarli miqdorda qo‘shil- maguncha AgCNS hosil bo‘lishi davom etadi. Ekvivalentlik nuq- tasiga erishilgandan so‘ng qo‘shilgan NH4CNS eritmasining ortiqcha tomchisi CNS ionlarining indikator ionlari bilan o‘zaro ta’siri natijasida to‘q qizil rangga kiradi:
Fe3++3CNS Fe(CNS)3
Bu usulda ekvivalentlik temir rodanid hosil bo‘lishi natijasida eritmaning qizil rangga kirishidan bilib olinadi.

Yüklə 3,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin