Kimyoviy analiz metodlari ma’ruza matni


Cho‘ktirishga va kompleks hosil qilish reaksiyalariga asoslangan usullar



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə50/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#163257
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   103
analizning kimyoviy usullari o\'zbek (2)

3.7. Cho‘ktirishga va kompleks hosil qilish reaksiyalariga asoslangan usullar


Cho‘ktirish usulida titrlash jarayonida ayrim qiyin eriydigan birikmalar hosil bo‘ladigan reaksiyalardan foydalaniladi. Hajmiy analizda bunday reaksiyalarning ba’zilaridangina foydalanish mumkin va ular bir qator shartlarni qanoatlantirishi kerak:
a) cho‘kma amalda erimaydigan bo‘lishi zarur; b) cho‘kma yetarli darajada tez hosil bo‘lishi kerak; d) birgalashib cho‘kish singari omillar analiz natijasiga ta’sir etmasligi lozim; e) titrlash vaqtida ekvivalentlik nuqtasini belgilash uchun imkoniyat bo‘lishi kerak. Masalan: Ba2+ ionini ushbu reaksiya yordamida aniqlashda:

4

4
Ba2+ + SO2 = BaSO
ekvivalentlik nuqtasini topish uchun natriy rodizonat ishlatiladi, u Ba2+ ioni bilan qizil rang beradi, ekvivalentlik nuqtasida esa qizil rang yo‘qoladi.
Pb2+ ionini xromat anioni bilan titrlashda:
Pb2+ +CrO2 = PbCrO
4 4

4
ekvivalentlik nuqtasini aniqlashda rangli cho‘kma hosil bo‘lishidan foydalaniladi: ortiqcha qo‘shilgan CrO–2 ioni argentum ioni bilan qizil rangli cho‘kma Ag2CrO4 hosil qiladi.
Galogenlarni aniqlash ham kumushning qiyin eriydigan tuzlari hosil bo‘lishiga asoslangan:
Ag++X = AgX
Bu yerda X bilan Cl, Br, J, CNS, CN va boshqa anion- lar ko‘rsatilgan.
Bu reaksiyaga asoslangan usullar hajmiy analizning argento- metriya bo‘limini tashkil etadi. Shu bilan birga galogenlar qiyin eruvchan simob (I) xlorid Hg2CI2 va simob (I) yodid HgjJ2 orqa- li ham aniqlanadi. Bu usul merkurometriya deb ataladi:
2NaCl + Hg2(NO3)2=Hg2Cl2↓ +2NaNO3
Cho‘ktirishda boshqa reaksiyalardan ham foydalaniladi, masa- lan, Zn2+ ionini kompleks tuz – geksatsianoferrat (II) bilan titr- lash quyidagi reaksiyaga asoslangan:
3Zn2++2[Fe(CN)6]-4+2K+=Zn3K2[Fe(CN)6]2
Ekvivalentlik nuqtasida uranil nitrat ortiqcha K4[Fe(CN)6] ta’sirida qizil-qo‘ng‘ir cho‘kma hosil qiladi.
Cho‘ktirish usullari kumush, bariy, magniy, simob, qo‘rg‘oshin, rux va boshqa kationlar ta’sirida cho‘ktiriladigan anionlarni miq- doriy aniqlash imkonini beradi. Masalan, shu usullar bilan xlorid- lar, bromidlar, yodidlar, sianidlar, rodanidlar, sulfatlar, xromat- lar, fosfatlar, ferrotsianidlar, shuningdek, yuqorida ta’kidlab o‘tilgan anionlar bilan kam eruvchan birikmalar hosil qiluvchi ka- tionlarni miqdoriy aniqlash mumkin.
Keyingi vaqtlarda titrimetrik analizda kompleksonlar deb ataluvchi organik reaktivlar bilan barqaror kompleks birikmalar hosil qiladigan reaksiyalardan ko‘p foydalanilmoqda.

Yüklə 3,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin