Merkurometriya – simobning erimaydigan birikmalari hosil bo‘lishiga asoslangan teskari analiz usuli:
Hg 2+ + 2Cl− → Hg Cl
2 2 2
Merkurometriyada indikator sifatida temir rodanidning to‘q qizil eritmasi ishlatiladi, temir rodanidning rangi ortiqcha miqdor Hg2Cl2 ishtirokida rangsizlanadi:
Hg 2+ + 2Fe(CNS ) → 2Fe3+ + 3Hg (CNS )
2 3 2 2
Indikator sifatida [Hg2]2+ bilan ko‘k rangdagi cho‘kma hosil qiluvchi difenilkarbazon ham qo‘llaniladi.
Kompleksonometriya – kompleksonlar yordamida kompleks hosil qilish reaksiyalaridan foydalanishga asoslangan:
2+ +
2
Na2 [H 2 γ]+Ca → Na [Caγ]+ 2H
Bu yerda γ – komplekson anioni.
Bu usulda indikator sifatida mureksid qo‘llaniladi.
Cho‘ktirish usullarining titrlash egri chiziqlari
Tarkibida xlor ioni bo‘lgan eritmani kumush nitratning stan- dart eritmasi yordamida titrlaganda AgCl cho‘kmasi hosil bo‘ladi. Eruvchanlik ko‘paytmasi hamda titrlanuvchi (Cl–) va standart Ag+ eritmalar ionlari konsentratsiyasi ma’lum bo‘lsa, titrlash ja- rayonining istalgan daqiqasida [Ag+] va [Cl–] ionlari o‘zgarishini oson hisoblab topish mumkin.
Faraz qilaylik, NaCl ning 100 ml 0,1 n eritmasi AgNO3 ning 0,1 n eritmasi bilan titrlanayotgan bo‘lsin. Dastlabki paytda (erit- maga AgNO3 qo‘shmasdan avval) Cl– ionlarning eritmadagi kon- sentratsiyasi NaCl ning umumiy konsentratsiyasiga (10–1 M ga) teng bo‘ladi:
[Cl –] = CNaCl – 0,1·10–1
Cl– ionlari konsentratsiyasining manfiy logarifmani pCl bilan belgilab, shunday yozish mumkin:
pCl =–lgCNaCl =–lg10–1 = 1
NaCl ning 0,1 n eritmasiga AgNO3 ning 0,1 n eritmasidan 50, 90, 99, 99,9 ml qo‘shib, borgan sari Cl– ionining konsentratsiyasi kamayib boradi, pCl ortib boradi.
50 ml 0,1 n AgNO3 eritmasi qo‘shilganda 50% NaCl cho‘kmaga tushmaydi, ya’ni [Cl–] ko‘rsatkichi 2 marta kichrayadi.
[Сl –] = 50/100 · 0,1 = 5·10–2 g·ion/l. pCl = –lg5·10–2 = 2 lg10–lg5 = 1,3
Eritmaga AgNO3 ning 0,1 n eritmasidan 90 ml qo‘shilganda
(ya’ni NaCl ning 10% i titrlanmagan) xlor ionlarining 10% i cho‘k- tirilmagan holda qoladi va [Cl–] qiymati o‘n marta kamayadi:
[Cl –] =10/100 · 0,1 = 10–2 g·ion/l
Shu taxlitda fikr yuritib, [Cl–] ioni qiymatini titrlashning boshqa hollari uchun ham hisoblash mumkin.
Eritmaga AgNO3 eritmasidan 99 ml qo‘shilganda: [Cl –] = 1/100•0,1 = 10–3 g·ion/l
pCl = 3 · lgl0 = 3
0,1 n AgNO3 eritmasidan 99,9 ml qo‘shilganda: [Cl–] = 0,1/100 · 0,1 = 10–4 g•ion/l
pCl = 4 · lgl0 = 4 AgCl uchun EKAgCl = 1,7·10–10 ligini bilib:
EKAgCl = [Ag+]•[Cl –] = 1,7–10–10
lg[Ag+]+lg[Cl –] = lg1,7•10–10•(–1) pAg + pCl=10–lg1,7 = 9,77
Nihoyat, arap NaCl ning 100 ml 0,1 n eritmasiga AgNO3 ning
0,1 n eritmasidan ekvivalent miqdorda, ya’ni 100 ml qo‘shilsa AgCl ning to‘yingan eritmasi hosil bo‘ladi; bu eritmada Ag+ va Cl– ionlarining konsentratsiyalari o‘zaro teng bo‘ladi. Binobarin, ekvivalentlik nuqtasida:
[Ag+] = (Cl− ) = = = 1,303⋅10−5
pCl = pAg = 5 − lg 1,303 = 4,885
yoki umumiy yozganda:
pKt = pAn = –1/2 lg EKKtAn
Ekvivalentlik nuqtasidan keyingi titrlashda eritmada ortiqcha miqdorda Ag+ ionlari yig‘iladi, shuning uchun AgCl cho‘kmaning eruvchanligi kamayadi.
AgNO3 ning 0,1 n eritmasidan ortiqcha 0,1 ml qo‘shilganda quyidagi natijalarni olamiz:
[Ag+] = 0,1/100•0,1 = 10–4 g•ion/l
pAg = 4; [Cl –] = 1,7•10–6 g·ion/l; pCl = 5,77; 0,1 n AgNO3 ning 1 ml eritmasi qo‘shilsa:
[Ag+] = 1/100 – 0,1 = 10–8 g•ion/l
pAg = 3; pCl = 6,77; [Sl –] = 1,7•10–7 g·ion/l 0,1 n
AgNO3 ning 10 ml eritmasi qo‘shilsa:
[Ag+] = 10/100 · 0,1 = 10–2 g·ion/l
pAg = 2; pCl = 7,77; [Cl–] = 1,7•10–8 g•ion/l Shunday qilib, AgNO3 ni ortiqcha miqdorda qo‘shishdan
AgCl cho‘kmasi seziladi va keskin kamayadi.
0,1 n AgNO3 eritmasidan 0,1 ml qo‘ shilganda ekvivalentlik nuqtasiga erishilgandan so‘ng xlor ionlarining konsentratsiyasi kamayadi:
[Cl–]=[Ag+]=1,303•10-5 g•ion/l
ya’ni:
[ Cl− ] = EKAgCl =
[ Ag+]
1,7⋅10 −10
0,1
100 ⋅0,1
= 1,7⋅10−6 g ion/l
1,303⋅10−5
1,7⋅10−6
≈ 7,7 marta.
Ortiqcha 10 ml 0,1 n AgNO3 qo‘shilganda, xloridning konsen- tratsiyasi:
NaCl ning 100 ml 0,1 n eritmasini AgNO3 ning 0,1 n eritmasi bilan titrlash
2-jadval
Dostları ilə paylaş: |