Kimyoviy analiz metodlari ma’ruza matni


AgNO3 ning ishchi eritmasini tayyorlash



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə55/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#163257
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   103
analizning kimyoviy usullari o\'zbek (2)

AgNO3 ning ishchi eritmasini tayyorlash


AgNO3 ning ishchi eritmasini tayyorlashda dastlab uning taxmi- niy konsentratsiyali eritmasi tayyorlanadi, so‘ngra uning normalli- gi va titri kimyoviy toza NaCl (yoki KCl) yordamida aniqlanadi.
AgNO3 ning 100 ml taxminan 0,01 n konsentratsiyali eritmasi- ni tayyorlash. Kumush nitrat qimmat reaktivlardan bo‘lgani uchun, odatda, uning 0,05 n dan yuqori bo‘lmagan konsentratsi- yali eritmasidan foydalaniladi. Argentometriyada esa uning 0,01 n eritmasi ko‘p ishlatiladi.
Argentometrik titrlashda AgNO3 ning gramm-ekvivalenti uning molekulyar massasiga, ya’ni 169,9 ga teng. Shuning uchun 100 ml 0,1 n eritmada mavjud AgNO3 ning miqdori 169,9·0,01·0,1=
=0,1699 g ga teng bo‘ladi. Kumush nitrat tarkibida ba’zi qo‘shimchalar bo‘lgani uchun undan aniq tortim olib, eritma tayyorlash maqsadga muvofiq emas. Texnik-kimyoviy tarozida taxminan 0,17–0,18 g kumush nitrat tortib olinadi va sig‘imi 100 ml li o‘lchov kolbasiga solinadi. So‘ngra kolbaning 3/4 qismi- ga qadar distillangan suv quyib, to‘liq eritiladi. Tuz erigandan keyin kolba belgisigacha distillangan suv bilan to‘ldiriladi. Eritma qoramtir to‘q rangli shisha idishda (yoki qora qog‘oz bilan o‘ralgan kolbada) saqlanadi, chunki kumush nitrat yorug‘lik ta’sirida par- chalanib, erkin kumush hosil qiladi.
NaCl ning 100 ml standart 0,01 n eritmasini tayyorlash. Eritma tayyorlash uchun kimyoviy toza NaCl (yoki KCl) tuzidan foyda- lanish mumkin. NaCl ning ekvivalenti uning molekular massasi- ga (58,45 g)ga teng. 100 ml (0,1 l) 0,01 n konsentratsiyali eritma tayyorlash uchun kerak bo‘ladigan NaCl ning miqdori 58,45•0,1•0,01 = 0,05845 g keladi.
Tarozida taxminan tortib olingan 0,06 g atrofidagi tortim 100 ml li o‘lchov kolbasiga solinadi, distillangan suvda eritiladi va kolba belgisiga qadar distillangan suv bilan to‘ldiriladi. Tayyorlan- gan standart eritmaning titri va normalligi hisoblab topiladi.
Aytaylik, natriy xlorid tuzidan tarozida tortib olingan tortim massasi 0,0618 g bo‘lsin. Unda:
TNaCl = 0, 0618 / 100 = 0, 000618 g/ml
T ⋅1000 0, 000618⋅1000

NNaCl =
=
ENaCl
58, 45
= 0, 01057 n boladi.


Yüklə 3,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin