Hozirgi kimyoviy analizni koordinatsiyalangan birikmalarni o‘rganish, kvant kimyosi usullari va modda tuzilishi nazariyalari, kinetik reaksiyalarsiz tasavvur etish mumkin emas.
Bu fanlarning yutuqlaridan foydalanish kimyoviy analizni bo- yitdi, uning imkoniyatlarini kengaytirdi. Shu bilan birga kimyo- viy analiz bu fanlarning rivojlanishiga, xalq xo‘jaligining butun sohalarini kengaytirishga o‘zining yangidan yangi yutuqlari bilan ulkan hissa qo‘shdi. Kimyoviy analiz usullaridan foylalanib fizika va qattiq jismlar kimyosi, metallurgiya katalizatorlarini o‘rganish sohalarida katta yutuqlarga erishildi. Shuni ham aytib o‘tish ke- rakki, analitik sintez va analiz bir-biri bilan mustahkam bog‘langan. Kimyoviy analizda, ko‘pincha, sintez qilingan mod- daning rangiga, eruvchanligiga, kristallarning o‘ziga xos shakliga qarab ham xulosa chiqariladi.
Sintez natijalari har doim analiz bilan tekshirib borilishida ham analiz va sintez birligi ko‘rinadi.