ELEKTR XAVFSIZLIGI – kishilarni elektr toki, elektr yoyi, elektromagnit maydonining zararli xamda xavfli ta’siridan muxofaza qilishni ta’minlaydigan tashkiliy va texnik chora-tadbirlar sistemasi.
SHIKASTLANISH – ishlab chiqarishdagi zararli yoki xavfli ta’sirlar natijasida inson organlari yoki teri qoplami fiziologik bir butunligining buzilishi.
MEHNAT SHAROITI – mexnat jarayonida insonning salomatligi va ish qobiliyatiga ta’sir etadigan omillar majmui.
SHAXSIY HIMOYALANISH VOSITALARI– bir xodimni muxofaza qilish uchun xizmat qiladigan vositalar. SHaxsiy himoyalanish vositalariga – ish kiyimi, poyafzal, gaz niqoblar, respiratorlar, niqoblar, shlemlar, ximoya kuzoynaklari, kulokchinlar va boshqalar kiradi.
ISHLAB CHIQARISHDAGI BAXTSIZ XODISA– ish vaqtida yuz beradigan xodisa.
YONG’IN XAVFSIZLIGI
Umumiy ma’lumotlar
Yonish – yonuvchi moddaning xavo kislorodi yoki boshqa oksidlovchi modda bilan oksidlanishining tez kechadigan kimyoviy reaksiyasi bo’lib, bunda yoruglik va issiqlik ajraladi. Yoqilg’ining kup kismini tashkil etadigan uglerod yonganda karbonat angidrid hosil buladi. Agar kislorod etarli bulmasa, karbonat angidriddan tashkari, yana yonishi yonishi mumkin bulgan uglerod (II) oksid ham xosil buladi. Yonish mumkin bulishi uchun yonish tezligi ajralib chiqayotgan issiklik miqdorining atrofga tarqalayotgan issiklik miqdoridan ortiq bo’lishini ta’minlashi va yonish doirasida harorat yonuvchi moddaning hamma yangi qismlarining o’t olishga tayyorlanishi uchun yetarli bo’lishi kerak. Yonuvchi suyuqlik alangalanishi uchun uning harorati shunday bo’lishi kerakki, sirtidagi havoda yonuvchi suyuqlik bug’ining konsetratsiyasi yetarli darajada bo’lsin. Yogoch yoki toshko’mir dastlab qizish natijasida parchalanib yonuvchi gazlar hosil qiladi.
Alangalanish –mahalliy qizish natijasida yonuvchi moddaning (uning bug’ va gazlarining) yonishi. Alangalanishga yonuvchi moddaning alanga yoki cho’g’langan jismga tegishi sabab bo’lishi mumkin.
Chaqnash – yonuvchi modda bug’i bilan havo yoki kislorod aralashmasining alangaga, elektr uchqunga yoki qizigan jismga tegishi natijasida tez yonib tugashi. Chaqnashda siqilgan gazlar hosil bo’lmaydi. Bug’lar alangalanuvchi aralashma hosil qiladigan eng past harorat chaqnash harorati deyiladi. Bundan yuqori haroratda qisqa muddatli chaqnash bo’lmasdan yonuvchi modda alangalanishi mumkin.
Portlash – moddaning bir holatidan ikkinchi holatiga juda tez o’tishi (portlab yonishi) bulib, bunda ko’p miqdorda energiya chiqadi va ko’p miqdorda siqilgan gazlar hosil bo’ladi, bu siqilgan gazlar yemirilishga olib kelishi mumkin. Portlashda hosil buladigan yonuvchi gazsimon maxsulotlar xavoga tegib, ko’pincha alangalanish oqibatida yong’in chiqishi mumkin.