Kimyoviy texnologiya


To’yinmagan uglevodorodlar kimyosi



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə7/14
tarix26.06.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#135310
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
UMIROV O\' DIPLOM ISHI

To’yinmagan uglevodorodlar kimyosi
Toʻyinmagan uglevodorodlar — zanjirida bir yoki bir necha uglerod karrali bogʻlari boʻlgan uglevodorodlar. Toʻyinmagan uglevodorodlarga umumiy formulasi СnН2n (masalan, etilen CH2CH2 propilen CN3CH2CH2) boʻlgan olefinlar yoki alkenlar; umumiy formulasi СnН2n boʻlgan uglevodorodlar: 1) alkinlar deb ataluvchi uch bogʻli Toʻyinmagan uglevodorodlar (atsetilen CHCH va uning gomologlari); 2) qoʻsh bogʻli diyen uglevodorodlari (butadiyen CH2CH—CHCH2 va boshqalar) va kumulirlangan qoʻsh bogʻli uglevodorodlar (allen CH2CHCH2 va uning gomologlari); 3) sikloalkenlar (qoʻsh bogʻli naftenlar, masalan, siklogeksan va boshqalar) kiradi.



Izomeriyasi va nomlanishi. Etilen gomologik qatorining birinchi vakili uchun tarixiy nomi “ etilen “ so‘zi ishlatiladi. Ratsional nomenklantura bo‘yicha radikal nomiga “ etilen” so‘zi qo‘shilib aytiladi. Uglevodorodni etilenning xosilasi, ya’ni vodorod atomlari radikalga almashingan deb qaraladi. Sistematik nomenklantura bo‘yicha nomlashda alkanlar nomidagi -an qo‘shimchasi -en qo‘shimchasiga almashtiriladi. Qo‘sh bog’ zanjirning qaysi uchiga yaqin bo‘lsa, shu tomonidan uglerod atomlari nomerlanadi. Molekula tarmoqlangan bo‘lsa, dastlab radikal tutgan uglerod atomi nomeri, keyin radikal nomi, keyin uzun uglerod zanjiridagi uglevodorod nomi yoziladi.





Olinish usullari. 1. Laboratoriya sharoitida etilen etil spirtidan olinadi. Buning uchun etil spirti suvni tortib oluvchi moddalar ( kontsentrlangan sulfat kislotasi , fosfor (V)- oksidi va x.k. ) bilan qizdiriladi. Temperatura 140 oC dan katta bo‘lishi kerak.
C2H5OH + ( konts. H2SO4 ) → CH2=CH2 + H2O
2.Monogalogen tutgan alkanlar ishqorning spirtdagi kontsentrlangan eritmasi bilan birga qizdirish orqali olinadi.
CH3-CH2Br + KOH → CH2=CH2 + KBr + H2O
Sanoatda olish . Etilen va uning gomologlari neftni krekinglash gazlaridan olinadi. To‘yingan uglevodorodlarni nikel katalizatori ustida degidrogenlashdan iborat.
CH3–CH3 → CH2=CH2 + H2 (Ni)
CH3-CH2-CH3 → CH3-CH=CH2 + H2 (Ni)

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin