Kimyoviy texnologiya


Organik brikmalar klassifikatsiyasi



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə4/14
tarix26.06.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#135310
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
UMIROV O\' DIPLOM ISHI

Organik brikmalar klassifikatsiyasi
Organik birikmalar uglerod skeleti tuzilishi va funksional guruhlariga ko‘ra klassifikatsiya qilinadi. Uglerod skeleti tuzilishiga ko'ra organik birikmalar atsiklik, karbotsiklik (alitsiklik, aromatik) va geterotsiklik qator birikmalariga boMinadi. Atsiklik qator birikmalari - ochiq uglerod zanjiriga ega bo‘ladi. Karbotsiklik qator birikmalari - yopiq uglerod zanjiriga ega bo‘lib, alitsiklik va aromatik birikmalarga bo‘Iinadi. Alitsiklik birikmalarga aromatik birikmalardan tashqati barclia karbotsiklik birikmalar ham kiradi. Aromatik birikmalar halqasi o‘ziga xos siklik tutash elektron sistemaga ega bo‘ladi. Geterotsiklik qator birikmalari - halqasida ugleroddan tashqari bir yoki bir necha geteroatom (azot, kislorod, oltingugurt va b.) tutadi. Organik birikmalar qatorini quyidagicha tasvirlash mumkin:

Funksional guruhlar tabiatiga ko'ra yuqorida keltirilgan organik birikmalarning har bir qatori bir necha sinflarga bo‘linadi.



2006y oxirlariga kelib 18 min. atrofida individual kimyoviy birikmalar aniqlangan, ulaming 80% C ning H, O, N, S, P va galogenlar bilan hosil qilgan birikmalari hisobiga to‘g‘ri keladi. Har yili organik birikmalar soni 300-400 mingtaga ko‘payadi.


Organik brikmalar tuzilish nazariyasi
Organik birikmalaming zamonaviy tuzilish nazariyasi Butlerov nazariyasining fazoviy va elektron tuzilish bilan boyitilishiga va kvant kimyo yutuqlarini qo‘llashga asoslanadi. Kimyoviy tuzilish nazariyasining zamonaviy ta’rifi quyidagicha: “Organik birikmaning fizikaviy va kimyoviy xossalari uning tarkibiga, kimyoviy, fazoviy, elektron tuzilishiga, birikma atrofidagi muhitga hamda sharoitga bog‘liq ". Bu ta’rif birikma xossalariga ta’sir qiluvchi barcha omillami o‘z ichiga oladi.
O‘tgan asrning 60- yillarida rus olimi A. M. Butlerov tomonidan organik birikmalarning kimyoviy tuzilish nazariyasining yaratilishi organik kimyoning rivojlanishida yirik voqea bo‘ldi. Bu nazariya organik kimyoga ilmiy asos soldi va uning eng muhim qonuniyatlarini tushuntirib berdi. A. M. Butlerov o‘zi yaratgan nazariyaning asosiy prinsiplarini 1861-yil 19-sentabrda Shpeyerda bo‘lib o‘tgan tabiatshunoslar va shifikorlarning Xalqaro syezdida «Kimyoviy tuzilish nazariyasi haqida» degan ma’ruzasida bayon qildi. Bu nazariyani keyinchalik olimning o‘zi va uning shogirdlari muvaffaqiyatli rivojlantirdilar.
Tuzilish nazariyasining asosiy qoidalari quyidagilardan iborat.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin