Kimyoviy texnologiya


I.3. Mazutni vakuumli haydash texnologik tizimi tavsifi



Yüklə 320,77 Kb.
səhifə10/31
tarix07.01.2024
ölçüsü320,77 Kb.
#208732
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31
Kimyoviy texnologiya-fayllar.org

I.3. Mazutni vakuumli haydash texnologik tizimi tavsifi
Neftning har qanday tovarli surkov moylarini ishlab chiqarish jarayoni 4 bosqichdan 
iborat:
1) Mazutni vakuumli haydash bilan moyli fraksiyalar va gudronni olish 
2) Moyli fraksiyalarni tozalash bazali moylarni olish
3) Moylarga prisadkalar tayyorlash
4) Komponentlarni aralashtirish (kompaundirlash) va moylarni tovarli navlarini
olish uchun prisadkalarni qo’shish 


Mazutni vakuumli haydash bilan moyli fraksiyalar va gudronni olish 

Birinchi bosqichni mazutni (qoldiq >350


0
C) vakuumli haydash bilan amalga 

oshiradilar. 350-500


0
C dagi fraksiya birinchi navbatda etiborga loyiqdir, bu fraksiyani 

moyli distillyatlar va qoldiq ( >500


0
C ) aytadilar.

Mazutni vakuumli haydashda moyli distillyatli fraksiyalarni oladilar, bu fraksiyalar


vakuumli ustun (kolonna) larning yonaki haydash mahsulotlari sifatida ajratib olinadi. 
Bu 300-400, 350-420, 400-450, 450-500
0
C dagi fraksiyalardir. Gudrondan olingan 

moylar (qoldiq >500


0
C) qoldiqli deb ataladi. Moyli fraksiyalarni olish bilan sodir 

bo’ladigan mazutni vakuumli haydash jarayoni 7- bobda batafsil bayon etilgan.


Moyli distillyatlar va gudron o’z tarkibida oltingugurtli va azotli birikmalarni, smola 
va asfaltenlarni, porfirinlar, ko’phalqali aromatik uglevodorodlar, qattiq parafinlarni
saqlaydi. Bu birikmalar va yuqorida aytilgan uglevodorodlar moyli fraksiyalarning 
surkovchi xossalarini yomonlashtiradi. Shuning uchun moyli distillyatlar va gurdonni
yuqorida tilga olingan birikmalardan tozalash tovarli moylarni olish yo’lidagi ikkinchi 
bosqich bo’lib hisoblanadi. Bu bosqichdan keyin bazali moylarning komponentlari
olinadi.
Bazali moylarning komponentlarini moyli distillyatlar va gudrondan ularni zararli
qo’shimchalardan tozalash yo’li bilan olinadi. II-bobda ko’rsatilganidek tozalashning 
fizik va fizik-kimyoviy usullari mavjud (sinflanishi ham o’sha erda keltirilgan).
Hozirgi vaqtda termogidrokatalitik jarayonlar (gidrotozalash va gidro kreking) 
moyli distillyatlar va gudronni keraksiz birikmalardan tozalashning asosiy usullaridan
bo’lib hisoblanadi va yuqori surkovchi ko’rsatgichlarga ega bo’lgan bazali moylarni 


olinishiga ko’maklashadi (bu jarayonlar 10 –bobda batafsil ko’rib chiqilgan). Hozirgi 


vaqtda bu jarayonlar mavjud bo’lgan barcha tozalash usullari o’rnini olishi mumkin.
Shu bilan birga deasfaltlash, selektiv tozalash va deparafinlashlar o’z ahamiyatini 
yoqotmagan, bazi NQIZda hali ham tozalashning adsorbstion, kislotali va ishqorli usullari
qo’llanib kelinmoqda.
Uglevodlarni eritish qobiliyatiga qarab organik va bazi anorganik erituvchilarni ikki
guruhga ajratish mumkin. 1-guruhga kiritilgan erituvchilar odatdagi haroratda 
xomashyoning suyuq komponentlari bilan deyarli barcha holatlarda aralashadi. Bunday
erituvchilarga masalan qutbsiz birikmalar past molekulyar parafin qatoridan suyuq va 
suyuqlantirilgan uglevodlar hamda dipol momenti uncha katta bo’lmagan birikmalar-
uglerod tetraxlorid, etil efiri, xloroform va boshqalar misol bo’la oladi.
Deasfaltlashda birinchi guruhga kiruvchi erituvchilar-past molekulali parafinlar (n-
propan, n-butan, n-geptan va boshqalar) ni qo’llaydilar. 
Ikkinchi guruh erituvchilari bu dipol momenti yuqori bo’lgan qutbli organik
birikmalardir, ularga fenol, furfurol, krezollar, alifatik ketonlar, dietilenglikol va 
boshqalar kiradi. Neft xom ashyosi komponentlarining bu erituvchilardagi eruvchanligi,
ularning nisbati va haroratiga bog’liq bo’ladi. Neft xomashyosining turli komponentlariga 
nisbatan turli erish qobiliyatini namoyon qiladigan erituvchilar selektiv (tanlab
eritadigan) erituvchilar deb ataladi va ularni selektiv tozalashga hamda deparafinlashda 
qo’llaydilar.
Odatdagi haroratda neft xomashyosida ko’p bo’lmagan miqdordagi erituvchi eriydi. 
Erituvchining eriganligi oshishi bilan (xomashyo hajmiga nisbatan erituvchi hajmining
oshishi bilan) ikki fazali sistema hosil bo’ladi: bir fazada-ko’p bo’lmagan miqdorda 
erituvchini saqlagan neft mahsuloti, boshqa fazada esa tarkibida xomashyo
komponetlarining bir qismini saqlagan erituvchilardir. 
Keyinchalik erituvchi karraligining oshirilishidagi xomashyo komponentlarining
erituvchidagi eruvchanligining oshishiga va natijada uning xomashyo bilan to’liq 
aralashishiga olib keladi.
Erituvchining karraligi o’zgarmas bo’lganda harorat ko’tarilishi bilan erituvchida 
dastlabki xomashyo erigan komponentlarining miqdori oshadi va nihoyat erishning kritik



harorati (EKH) deb ataladigan malum haroratga etganda xomashyo erituvchi bilan to’liq 


aralashadi, yani sistema bir fazali bo’ladi.
Aromatik uglevodorodlar eng kichik EKH ga egadirlar. Ulardan keyin 
naftenaromatik va naften uglevodorodlar turadi. Bu ketma-ketlikka binoan, ularning
qutbli erituvchilarda erishining kritik harorati molekulalarning tuzulishi bir xil yoki 
o’xshash bo’lgan sharoitda oshadi. Normal tuzulishli parafin uglevodorodlari eng yuqori
EKH ga ega.
EKH ning kattaligiga kimyoviy tabiatidan tashqari uglevodorodlar molekulasining
tuzulishi ham tasir qiladi. Masalan, uglevodorodlardagi halqalar soni oshishi bilan 
zanjirlarning uzunligi oshishi bilan oshadi.
Aromatik va naften uglevodorodlar molekulasidagi halqalar soniga EKH 
pasayishining bog’liqligi to’g’ri chiziqlidir. Qutbli erituvchida birinchi navbatda
ko’phalqali aromatic uglevodorodlar eriydi. Naften va parafin uglevodorodlar qutbli 
erituvchilarda sezilarli darajada yomon eriydi.
Keton molekulalardagi uglevodorod radikali uzunligi oshishi bilan ularning 
erituvchilik qobiliyati oshadi. Bunday erituvchilarning erituvchilik qobiliyatini
oshirilishida qobiliyatiga qarab uglevodorod radikallarini quyidagi qatorga joylashtirishi 
mumkin: alifatik radikal →benzol halqasi →tiofen halqasi→furan halqasi.
Mazutni vakuum sharotida haydash ikki variant bo’yicha o’tkaziladi: I variant 
yoqilgi olish, ya’ni katalitik kreking qurilmasi xomashyosi bo’lgan engil va og’ir
gazoyllar olish; II variant moy distillyatlarini olishdir. Vakuum sharoitida mazutni ikki 
bosqichda haydash orqali I bosqichda – vakuum fraksiyalash kolonnasidan solyar
distillyati, keng frakstion tarkibli (350 –575
0
S) moy distilyatlari va gudron chiqariladi, II 

bosqichda olingan moy distillyatlaridan uch distillyat: parafinli (350 – 460


0
S), avtol (460 

– 490
0


S) silindr moylariga ajratiladi. 

Jarayon texnologik sxemasi quyidagi rasmda keltirilgan. Xoma shyo mazut 3-


pechga qizdirishga kiritilishga qadar ikki oqimda ishlayotgan issiqlik almashtirgichlar 
29,28, va 22 dan birinchi oqim, 25 va 24 dan esa ikkinchi oqim o’tadi, so’ngra 1 va 2-
issiqlik almashtirgichlarda qurilmadan chiqarilayotgan gudron issiqligi hisobiga 
qizdirilib, pechga yuboriladi. Mazut 3-pechda 435
0
S gacha qizdiriladi. Mazutdan solyar, 

keng frakstion tarkibli moy distillyatlari va gudron ajralishi uchun 6-vakuum kolonna





xizmat kiladi. Moyli fraksiya 7-yig’gichga to’planadi, gudron 5-nasos yordamida 


kolonnadan chiqariladi. Solyar 4-nasos yordamida yarim berk tarelkadan 29-issiqlik
almashtirgich va 32-sovutgichda sovutiladi, so’ngra sovutilgan solyar distillyatni bir 
qismi 6-vakuum kolonnaga qaytariladi.
Moy distillyati 7-yig’ichdan 8-nasos yordamida haydalib, 28-issiqlik almashtirgich, 
23-qo’shimcha bug’ ishlab chiqaruvchi qozon(kotelutilizator) va 21-suvni qizdirish
qurilmasidan o’tib, 6-kolonna o’rta qismiga restirkulyat sifatida qaytariladi. Moy 
distillyatining balans miqdori 7-yig’gichdan 9-nasos yordamida 10-pechda (385
0
S) 

qizdirilib, 13-vakuum kolonnaga yuboriladi.


Bu kolonna mahsulotlari: yarim berk tarelkada yig’iluvchi parafin distillyati, 14-
bug’latuvchi sekstiya orqali chiqariluvchi avtol distillyati va 24-issiqlik almashtirgich,
qo’shimcha bug’ ishlab chiqaruvchi qozon(kotelutilizator) 26 va 27 sovutgichdan o’tib 
chiqariladigan stilindr distillyatlari hisoblanadi.
Avtol distillyatining stirkulyastiyalanuvchi qismi 16-nasos yordamida quyilib, 11 
va 12-qurilmalarda sovutilgan holda 13-kolonna o’rta qismiga uch oqimda beriladi.
Balans miqdori rezervuarga yuboriladi. Parafin distillyati 13-kolonnadan chiqishda 25-
issiqlik almashtirgich, 34-suv qizdirish va 35-sovutgichda ketma-ketlikda sovutilib, bir
qismi kolonnaga to’yintirish yoki sovuq quyilishga qaytariladi, ortiqchasi rezervuarga 
yuboriladi. Gudron markazdan qochma tipdagi 19-nasos yordamida qurilmadan
chiqarilguncha o’z issiqligini 1 va 2-issiqlik almashtirgichlar orqali xom ashyo mazutga 
beradi.
Qurilmadagi kalonnalar ish rejimi quyida jadvalda keltirilgan: 
1.4-jadval


Yüklə 320,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin