Hozirgi vaqtda trigonometrik funksiyalar yordamida yechiladigan masalalar qadim zamonlarda paydo bo’lgan. Qadimdan bunday masalalarni yecha bilishga jiddiy talablarni astronomiya qo’ygan. Astronomlarni sferada yotgan katta doiralarning yoylaridan tuzilgan sferik uchburchaklarning tomonlari bilan burchaklari orasidagi munosabatlar qiziqtirgan. Ular tekis uchburchaklarni “yechish”ga doir masalalarga qaraganda murakkabroq masalalarni yechishni yaxshigina uddalaganlar.
Bizning trigonometrik jadvallarimiz o’rnida qadimgi matematiklar berilgan uzunliklardagi yoylarni tortib turuvchi vatarlar jadvalini tuzishgan. Eramizdan ilgari III – II asrlarda grek matematiklari tomonidan tuzilgan bunday qadimiy jadvallar bizgacha etib kelmagan. Vatar uzunliklari haqidagi bizgacha saqlanib qolgan eng qadimiy jadval Aleksandriyalik astronom Ptolemey (eramizning II asri) tomonidan tuzilgan. Bu jadvallarda aylana vatarlarining uzunliklari 300 dan oralatib berilgan. Vatar uzunliklari uch xonali oltmishlik kasrlar shaklida, ya’ni , bunda a, b, c sonlari 0 dan 59 gacha bo’lgan butun sonlardir.