Kirish asosiy qism I. O‘quv jarayonlarini tashkil qilish



Yüklə 42,42 Kb.
səhifə3/11
tarix02.06.2023
ölçüsü42,42 Kb.
#123878
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Nazirjonova H

II bosqichda D. I. Mendeleevning davriy qonuni va kimyoviy elementlarning davriy jadvali o‘rganiladi.
III bosqichda D. I. Mendeleevning davriy jadvalining guruhlar bo‘yicha eng tipik elementlar o‘qitiladi.
IV bosqichda A. M. Butlerovning kimyoviy tuzilish nazariyasi asosida organik moddalar ko‘rib chiqiladi.
“Boshlang‘ich kimyoviy tushunchalar” mavzusi VII sinfning nazariy bazasidir.
Aynan shu mavzuda atom-molekulyar ta’limot o‘rganiladi.
Keyingi mavzu “Kislorod. Oksidlar. Yonish” o‘quvchilarga tabiatshunoslikdan tanish bo‘lib, bu mavzu davriy qonunni tushnishga zarur.
Bu mavzuda atom-molekulyar ta’limotning mavqei konkretlashadi, oksidlar haqida tushuncha kiritiladi, birikish va parchalaniladi. Bundan tashqari o‘quvchilar konkret element va oddiy modda haqidagi sistematik bilimlarini atom-molekulyar darajasida bilib oladilar va aniq reja bo‘yicha oddiy moddani tavsiflashga o‘rganadilar.
Elementlarning vodorod birikmalari to‘g‘risida tasavvurni o‘quvchilarga “Vodorod. Kislotalar. Tuzlar” mavzusi beradi. Oksidlanish jarayoniga qarshi bo‘lgan qaytarilish jarayoni to‘g‘risida, almashinish reaktsiya haqida tushunchalar shakllanib, o‘rin olishi reaktsiya tushunchasi mustahkamlanadi.
Ikki mavzuning mantiqiy davomi bo‘lgan “Suv. Eritmalar. Asoslar” mavzusida suv murakkab modda ekanligi o‘quvchilarga tushuntiriladi. Eritmalar bo‘limida esa suv erituvchi sifatida ishlatilishi hamda asoslar tushunchasi beriladi.
“Anorganik moddalarning asosiy sinflari haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirish” mavzusi genetik bog‘lanish nuqtai nazaridan juda muhim va alohida o‘rin tutadi.


I.3.O‘quv qullanmalar, o‘quv ishini rejalashtirish, yillik reja.
Kimyoning asosiy kursi “D. M. Mendeleevning davriy qonuniy va elementlarning davriy jadvali” mavzui bilan boshlanadi. Bu mavzuda atomning tuzilishi ham ko‘rib chiqiladi.
Keyingi “Kimyoviy bog‘ va modda tuzilishi” mavzusi nafaqat VIII sinf, balki butun anorganik kimyoning asosidir. Bu mavzularga asosiy ahamiyat berilib, ketidan faqat faktik materiallar o‘rganiladi: “Galogenlar”, “Kislorod gruppachasi”. Ushbu mavzularni o‘quvchilar deduktiv o‘rganadilar, chunki ular katta va jiddiy bazaga egadirlar. Faktik mavzularni o‘qitishdan maqsad - D. M. Mendeleevning davriy qonunni mumkin qadar to‘la, chuqur va konkret bilishdir. Shuningdek, davriy jadval o‘rta maktabda kimyoni o‘qitishda ham maqsad, ham vositasidir.

Yüklə 42,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin