Kirish asosiy qism I. O‘quv jarayonlarini tashkil qilish


I.1.O‘quv dasturining tuzilish prinsiplari



Yüklə 42,42 Kb.
səhifə2/11
tarix02.06.2023
ölçüsü42,42 Kb.
#123878
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Nazirjonova H

I.1.O‘quv dasturining tuzilish prinsiplari.
Maktab kimyo kursi anorganik va organik kimyolarga bo‘linadi. O‘quv mezonlari ishlab chiqilmoqda. Masalan Yu.K.Babanskiy quyidagi mezonlarni tavsiya etadi:
Mazmunning bir butunlik mezoni. O‘quv predmeti kimyo fanining asosiy yo‘nalishlarini aks ettirish kerak. Zamonaviy kimyoviy tadqiqotlar to‘rtta asosiy yo‘nalishda olib borilyapti - davriylik, moddalar tuzilishi, kimyoviy kinetika va kimyoviy termodinamika.
Ilmiy xamma e’tirof qilgan mezon. O‘quvchilar bilan munozaralar olib borish mumkin, lekin ular fan asoslariga kirish kerak emas .
Ilmiy axamiyatga ega bo‘lgan mezon. Ilmiy bilimlarni keng foydalanishini ko‘rsatadi. Energiya saqlanish va davriy qonunlar shunga asoslanib maktab dasturiga kiritilgan.
O‘quvchilarning yeshiga xos bo‘lgan mezoni soddalik printsipiga asoslangan.
Vaqtga xos bo‘lgan mezon kimyo o‘rganishga ajratilgan vaqtdir.
Maktab sharoitlariga mos keladigan mezon. Vaqtni ko‘p oladigan qimmatbaxo tajribalar maktab dasturiga kiritilishi tavsiya etilmaydi.Agar biror mavzuni o‘qitishda o‘qituvchilarni qayta tayerlash kerak bo‘lsa, unda bu ishni olib borish va keyin shu mavzuni dasturga kiritish kerak.
Xalqaro standartlarga mos keladigan mezon. Maktab o‘quv dasturlari xalqaro namunalarga mos kelishi kerak.
Kimyo kursining mazmunini quyidagi didaktik birliklarini o‘rganishda ozlashtirish mumkin: qonun va nazariyalar. D. I. Mendeleevning davriy qonuni elementlarning davriy jadvali. Atom-molekulyar ta’limoti. Moddalar tuzilishi nazariyasi. Organik moddalarning tuzilishi nazariyasi. Moddalarning tarkib joimiyligi va massalar saqlanish qonuni, Avogadro qonuni va boshqa.
Tushunchalar. Modda. Kimyoviy element. Kimyoviy reaktsiya. Kimyoviy ishlab chiqarishi va hokazo.
I.2.Kimyo fanining ta’lim maktablari uchun mo‘ljallangan dasturlari.
Maktab kimyo kursida ilmiy kimyoviy usullar keng qo‘llanishi kerak. Buning uchun o‘quvchilarni kimyoviy izlanishga undash va kerakli ko‘nikma va malakalarga ega bulishiga yordam berish kerak.
Buyuk kimyogarlarning fanga qo‘shgan hissasi.
Kimyo kursining asosiy bilim beruvchi maqsadi - modda, kimyoviy element, kimyoviy reaktsiya haqidagi tushunchalarni shakllantirib, yildan-yilga boyitib borishdir.
Hozirgi zamon kimyosi asosiy e’tiborni moddalarning xossalari va bu moddalar bilan bo‘ladigan ozgarishlarni izohlab berishga qaratadi. Moddalar bilan bo‘ladigan ozgarishlarni esa shu moddalarning tuzilishi nuqtai-nazaridangina izoxlash mumkin. Shuning uchun atom-molekulyar ta’limot hozirgi zamon kimyosining asosiy bulimini tashkil etadi.
Atom-molekulyar ta’limot bilan ko‘pgina kimyoviy tushunchalar - molekula, atom, molekulyar va atom massasi, kimyoviy element, allotropiya, valentlik va boshqalar bevosita bog‘langan. Barcha bu kimyoviy tushunchalar ham kimyo asoslari jumlasidandir.
Kimyoviy tushunchalar kimyoviy elementlarni tavsiflaydigan ko‘pgina konkret materialni oz ichiga oladi. Atom-molekulyar ta’limotni, shuningdek, kimyoviy elementlar va ularning eng muhim birikmalari tug‘risidagi ta’limotni hozirda D. I. Mendeeleevning davriy qonuni va elementlar davriy jadvalisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Davriy qonun hozirgi zamon kimyosi asoslarining asosiy qismidir.
S’Hunday qilib, kimyo dasturida zamonaviy kimyosi asoslarini, avvalo, nazariy masalalarni: atom-molekulyar ta’limot, kimyoviy elementlar to‘g‘risidagi va ularning eng muhim birikmalari to‘g‘risidagi ta’limot, davriy qonun va davriy jadval, atomning tuzilishi va boshqalar tashkil etadi. Maktabda kimyo fanini urganish 4 bosqichda o‘tadi:
I bosqich. Kimyoning kirish kursi, atom-molekulyar ta’limotga asoslanadi. Bu kursning nazariy qismida o‘quvchilar boshlang‘ich kimyoviy tushunchalar va qonunlar bilan tanishadilar.
qolgan uch bosqichda kimyoning asosiy kursiga kiradi.

Yüklə 42,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin