Kirish asosiy qism I. O‘quv jarayonlarini tashkil qilish


An`anaviy darsning asosiy bosqichlari



Yüklə 42,42 Kb.
səhifə9/11
tarix02.06.2023
ölçüsü42,42 Kb.
#123878
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Nazirjonova H

An`anaviy darsning asosiy bosqichlari.
An`anaviy dars o`tishning turli xil tuzilmalari mavjud bo`lib, uning keng tarqalgan tuzilmasini e`tiboringizga havola qilamiz. Quyida an`anaviy dars berishning bosqichlari haqida qisqacha to`xtalamiz. An`anaviy darsning quyidagi bosqichlari mavjud.
1.Tashkiliy qism – salomlashish, davomatni tekshirish, zarur ko`rgazmali qurol va jihozlarni darsga hozirlash;
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik, motivatsiya – yangi mavzu bilan bog`liq o`tgan dars mavzularini takrorlash, yangi mavzuni boshlashdan oldin o`quvchilarning bu mavzuga oid bilim darajalarini aniqlash, baholash va yangi materialni o`zlashtirishga tayyorlash, yangi dars maqsadini tushuntirish va darsga qiziqtirish;
Yangi mavzuni yoritish – dars materialini kichik – kichik bo`limlarga bo`lib, ketma – ket ma`lum uzviylikda va mantiqiy bog`liqlikda, ko`rgazmali tarzda va turli xil o`qitish uslublaridan foydalangan holda berish;
Yangi mavzuni mustahkamlash – olingan nazariy bilimlarni yorqin misollarda qo`llash va turli xil topshiriqlarni bajarish asosida o`quvchilarda yangi mavzuga oid amaliy ko`nikmalarni hosil qilish va baholashdan iborat. Bunda baholash uchun beriladigan savol bva topshiriqlaraynan dars maqsadidan kelib chiqqan bo`lishi, unga erishilgan yoki erishilmaganligini aniqlashga qaratilishi lozim. Yangi mavzuni mustahkamlash butun sunf ishtirokida, turli xil tarqatma materiallar bilan ishlash, kichik guruhlarda yoki juft – juft bo`lib ishlash asosida amalgam oshirilishi mumkin. O`quvchilar amaliy mashg`ulotni bajarayotgan vaqtda o`qituvchi ularning faoliyatini kuzatishi, ba`zi o`quvchilarning tushunmagan savollariga javob berishi mumkin. Shuningdek, bu bosqichda o`quvchilarning mustaqil ishlashlariga ham sharoit yaratib berish lozim bo`ladi.
Darsga yakun yasash va baholash – darsning maqsadini yana bir bor eslatish va unga qanchalik erishilganligini o`quvchilar bilan birgalikda aniqlash lozim. Shuningdek, o`quvchilarning mavzu bo`yicha savollariga javob berish, darsning asosiy lahzalarini qayd qilish, o`quvchilarning o`zlashtirganlik darajasini anmiqlash, darsda faol qatnashgan o`quvchilarni tilga olish va baholash ham ushbu bo`lim tarkibiga kiradi. O`quvchilar bilimini baholashni butun dars davomida turli xil usullar yordamida bajarish mumkin.
Baholashdan maqsad o`quvchilarga faqat qandaydir ballarni qo`yib borish emas, balki o`quvchilarning o`zlashtirish darajasini nazorat qilib borishdan iboratdir. Kerak bo`lganda darsning borishiga o`zgartirishlar kiritish, tushunish qiyin bo`lgan joylarga qayta to`xtalish lozim bo`ladi.
Uyga vazifa – o`tilgan mavzu bo`yicha bilim, malak va ko`nikmalarni yanada mustahkamlashga yoki kelgusi dars uchun hozirlik ko`rishga qaratilgan, mustaqil bajarishga mo`ljallangan savol, mashq va topshiriqlar majmuasidan iborat bo`lmog`i lozim.



Yüklə 42,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin