VII sinfda o‘quv soati bir yilda 68 soat, haftasiga - 2 soat, rezerv - 4 soat.
VIII sinfda ham o‘quv soati bir yilda 68 soat, haftasiga - 2 soat, rezerv - 4 soat
IX sinfda ham o‘quv soati bir yilda 68 soat, haftasiga - 2 soat , rezerv - 4 soat.
Kimyo kursidagi asosiy materiali dastur bilan belgilanadi. Dasturda ko‘rsatilgan umumdavlat bilimlar va ko‘nikmalar minimumi, shuningdek, kimyodan o‘tkaziladigan laboratoriya ishlari va amaliy mashg‘ulotlar ro‘yhati, xuddi boshqa fanlarda bo‘lgani kabi, qatiyan majburiydir.
Dasturda o‘qitish uslubiyotiga tavsiyalar, fanlararo bog‘lab ko‘rsatilgan, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalariga bo‘lgan talablar hamda o‘quvchilarni baholashi aniqlab berilgan.
Mavzular soat buyicha tahminan taqsimlangan. O‘qituvchi o‘quvchilarining tayyorgarlik darajasiga ko‘ra ayrim qiyin mavzularda ko‘prok, to‘xtalishi mumkin, buning uchun har bir sinfda 2-4 soatgacha rezerv vaqti bor.
Kimyo darslarida tushunchalar, nazariya va qonunlarni ochib berishda tarixiy yondashuvdan foydalanish kerak. Fanda bulgan kashfiyotlar, u vaqtda sharoitlar, fanning rivojlanishiga kimyogar olimlarning qo‘shgan hissasi bilan o‘quvchilarni tanishtirish lozim.
O‘qitish jarayonini sifatini oshirib, o‘quvchilarning fanga bulgan qiziqishini ham orttirish kerak. Bu maqsadga yetishda o‘quvchilarni faolligini mustaqil ishlar orqali oshirish mumkin.
Dasturda ko‘rsatilgan hamma laboratoriya tajribalari va amaliy mashg‘ulotlari o‘tkazilishi zarur.
O‘quv jarayonida lektsiya va seminar darslarni olib borish vaqtini oldindan belgilab olishi kerak. Masalan VIII sinfda oksidlar, kislotalar, asoslar, tuzlarning tarkibi va xossalarini takrorlash 1-2 soatli seminar darsda o‘tkazish mumkin. IX sinfda uglevodorodlar haqida bilimlarni umumlashtirish seminar tarzida ham o‘tkaziladi.
Dasturda kimyo fanidan ixtisoslashtirilgan sinflar uchun ham mavzular va ularni o‘tishga vaqti belgilab berilgan.
O‘quvchilarning bilimni puxtalash, chuqurlashtirish va takomillashtirish uchun fakultativ darslar va maxsus kurslarning rejalari ham dasturda belgilanadi.