Keyinchalik Chig'atoy ulusida hokimiyat uchun ichki nizolar kuchayib ketganligi sababli, Qarachor no'yonning farzandlari va qavm-qarindoshlari Kesh viloyatiga kelib, o'rnashib, shu yerda yashab qolganlar, uning avlodlari o'sha viloyatni boshqarganlar, "Zubdat at-tavorix"da Qarachor no'yonning farzandlari ko'p bo'lganligi qayd etilib, ulardan o'n to'qqiz o'g'ilning nomini, shu o'g'illardan tarqalgan keyingi avlodning mashhurroqlarini sanab, ayrimlarining shajarasi to o'zi yashab turgan davrgacha davom ettirilgan va ularning qanday mavqeni egallab turganliklari qayd etiladi. Jumladan, Qarachor no'yonning oltinchi o'g'li Injil no'yon bo'lgan va uning farzandlaridan biri Iylangiz no'yon (Ilangiz)dir. Bu no'yonning bir necha farzandlari bo'lib, ulardan biri Sohibqironning bobosi Burkul no'yondir. Uning ikki o'g'li bo'lgan: biri-Bolta, ikkinchisi Tarag'ay no'yon" ya'ni Amir Temurning otasi. Tarag’ay no'yonning to'rt o'g'li va ikki qizi bor edi: o'g'illari - Amir Temur, Suyurg'atmish, Olamshayx, Jo'gi no'yon, qizlari - Qutlug' Turkon og'a, Sherbik og'a, Amir Temur farzandlar orasida to’ng’ichi bo'lgan Amir Temur yoshlikdan ilm ahliga juda katta e'tibor bergan.

Dastavval shuni aytish kerakki, Amir Temur odob-axloq, iymon, e'tiqod, ta'lim-tarbiyada o'zi yuksaklikka, mukammallikka erishgan siymolardan biridir. Bunga ishonch hosil qilish uchun bobomizning o'zi tomonidan yaratilgan odob-axloqqa oid dasturlar, o'gitlar, pand-nasihatlarni, shuningdek, Sohibqiron haqidagi tarixiy asarlarni ko'zdan kechirish kifoya. Bular "Tuzuki Temuriy" ("Temur tuzuklari"), "Malfuzoti Temuriy” ("Temurning aytganlari") va "Voqioti Temuriy" ("Temurnnng boshidan kechirganlari") nomi bilan jahonga mashhur bo'lgan asarlarni XV asr muarrixi Fosih Ahmad Havofiyning "Mujmal-i Fosixiy", Nizomuddin Shomiy (tug'ilgan va vafot etgan yili ma'lum emas) va Sharafiddin Ali Yazdiylarning mashhur "Zafar-nomasi", ibn Arabshoh (1389-1450)ning "Ajoyib ulmaqdur fiaxbori Temur" (Amir Temur haqidagi xabarlarda taqdir ajoyibotlari), Salohiddin ibn Mullo Aloiddin hoja Eshonning (Salohiddin Toshkandiy)

qalamiga mansub "Temurnoma" (Amir Temur ko'ragon jangnomasi, 1908) kabilar shular jumlasidan. Tarix fanlari doktori, professor Ashraf Ahmad Temurning o'zi amal qilgan o'n bir sifatni yuksak baxolaydi.