Kirish asosiy qism: tarixiy-madaniy turizm haqida



Yüklə 75,01 Kb.
səhifə11/20
tarix13.06.2023
ölçüsü75,01 Kb.
#129203
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
NUROTA QAL’ASI. Nurotadagi qal’a harobasi (taxm. 5—6-a.lar) tog‘ning etak qismida joylashgan. Asli nomi Hyp, xalq uni hurmatlab, «ota» so‘zini qo‘shib ataydi. Qal’ada kata buloq bor, atrofda undan boshqa oqar suv yo‘q. Suv boshiga egalik qilib, dushman qamaliga bardosh berish maksadida qadimda bulok, ustiga paxsadan qal’a qurilgan. U bir necha marta ta’Nurota qal’asi. mirlangan. Qal’aning ichida bulok, boshiga tushib suv olinadigan maxsus yo‘l bo‘lgan. Qal’aning tepasi baland qirlik bo‘lgani uchun dushmanni kuzatish maqsadida qirning tepasiga mo‘la (burj) qu-rilgan. Mo‘la b-n qal’a orasida yo‘lak bo‘lib, uning uzunligi 60 m. Nurota qal’si kadimdan muhim strategi k qal’a va savdo manzili bo‘lgan. Nurota qal’sida, keyinchalik Buxoro amirligining Nurota begi turgan1.
RABOTI MALIK. Karmana — Buxoro yo‘lida — bugunda qayta tiklangan qadimiy karvon yo‘li bo‘yida Raboti Malik (Shoh Raboti) karvonsaroyi joylashgan. U XI asrning 70-yillarida Qoraxoniylardan bo‘lmish Shamsulmulk Nasr ibn Ibrohim (1068–1080 y.) tomonidan qurilgan bo‘lib, XII asrning birinchi choragida yana shu Qoraxoniylardan bo‘lmish arslonxon muhammad ibn sulaymon (1102–1130 y.) tomonidan ta’mirlangan. Arxeologik tadqiqotlar paytida (XX asrning 70-yillari va shu asrning oxiri — XXI asr boshlari) bu noyob binoning murakkab to‘zilishi aniqlandi. U 100×100 m maydonni egallagan bo‘lib, mustahkam devorlar bilan o‘ralgan va ikki qismga bo‘lingan.
RABOTI MALIK SARDOBASI (XI V.). Sardoba (fors-tojik tilida - sovuq suv) - suv tanqis yerlarda uni saqlash uchun maxsus qurilgan gumbazli hovuz. Sardobaning devori silindr shaklida, diametri 12-17 m, chuqurligi 10-15 m, hovuz yuzasi, yer sathi pishiq g‘isht va ganchdan ishlangan, tepasi tuynukli, atroflariga hovuzga suv tushadigan teshiklar qilingan. Sardobaga kirish uchun eshik ham o‘rnatilgan, uning oldi suvni toza saqlash maqsadida devor bilan o‘ralgan. Sardoba yoniga mollarni sug‘oradigan oxur qilinib, unga suvdondan maxsus tarnov orqali suv oqizilgan. Ba’zi sardobalarda ularni nazorat va tozalab turuvchilar uchun xonalar ham bo‘lgan.
Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda, Movarounnahrda 44 ta sardoba bo‘lgan. Ulardan 29 tasi qarshi cho‘lida, 3 tasi Mirzacho‘lda, 3 tasi Toshkent bilan Farg‘ona o‘rtasidagi qadimgi savdo yo‘lida, 1 tasi qorovulbozorda va yana biri Malik cho‘lida bo‘lgan. Sardobalar keyingi yillarda qishloq, va shaharlarni ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun ham qurilgan. Sardobadan O‘rta Osiyoning ba’zi dasht-cho‘llarida hozir ham qisman foydalaniladi. 
Sardobalar geografik joylashuvi, joyning tabiati, relefiga ko‘ra qor-yomg‘ir suvlaridan va quduqlar yordamida yer osti suvlari yoki buloq, boshlarida barpo etilgan. qor-yomg‘ir suvlaridan to‘latiladigan sardobalarni qurishda joyni to‘g‘ri tanlash, baland-pastliklarni hisobga olish katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Chunki bunday sardobalar bahorda atrofdagi nishablardan oqib tushadigan qor va yomg‘ir suvlari hisobiga to‘ldirilgan. Sardobalar ichida Raboti Malik sardobasi Samarqandu Buxoro oralig‘ida Buyuk Ipak yo‘lining ma’lum qismida yagona obihayot manbai sifatida asrlar osha xizmat qilib kelgan. Raboti Malik peshtoqidan bir oz narida suv manbai — diametri 13 metrcha keladigan gumbaz ostida karvonsaroyga zamondosh bo‘lgan sardoba joylashgan. Sardoba hovo‘zining aylana devori yerdan 12 metr chuqurlikka qadar pishiq
g‘ishtdan qurilgan bo‘lib, unda muzday toza suv butun yoz bo‘yi saqlangan. XVI asrdagi mualliflardan biri Raboti Malik sardobasining suvini makkadagi laziz zamzam suviga qiyoslaydi. Sardoba karvonsaroy kabi yolg‘iz yo‘lovchilar uchun ham, butun boshli karvonlar uchun ham qo‘nalg‘a hisoblangan. 
Karvonsaroy o‘zining dastlabki vazifasi e’tibori bilan XVIII asrgacha xizmat qilib kelgan. Unda amir temur va uning avlodlari, buxoroda hukmronlik qilgan sulolalarning xonlari, elchilar, savdo karvonlari va sayyohlar qo‘nib o‘tgan. Hofizi abro‘ning ma’lumotiga ko‘ra, Ulug‘bek 1420 yilda ushbu mintaqalarda to‘xtab, qirq kun ov qilgan. XIX asr — XX asrning boshlarida bu yerda rabot nomi bilan ma’lum umri qisqagina bo‘lgan qishloq ham shakllangan.
1841-1842 yillarda bu joylarda bo‘lgan A. Lemann ushbu sardoba to‘g‘risida: «Raboti Malikni suv bilan ta’minlab turgan sardoba - ajoyib baland gumbazli bo‘lib, uning ustki qismidan suvga yorug‘lik tushib turadi, binoning yarmi yerga ko‘milgan, bu joy sayohatchilar uchun jon saqlash manzilgohidir», - deb yozadi. Raboti Malik sardobasining qachon va kim tomondan qurilganligi to‘g‘risida turlicha ma’lumotlar bor. Bizning fikrimizcha, tarixiy xaqiqatga yaqinroq, ma’lumotlar M.Ye. Massonning «Sardobalarni o‘rganish muammosi» kitobida keltirilgan. Unda sardoba Raboti Malik karvonsaroyi bilan bir vaqtda Shamsulmulk tomonidan qurilganligiga ishora qilinadi.
Raboti Malik sardobasi Markaziy Osiyodagi boshqa sardobalar singari pishiq g‘ishtdan qurilgan. Sardobaning tashqi aylanasi 12,8 m, devorining qalinligi 1,5 m, balandligi 20 m, gumbazining balandligi 8 m bo‘lib, yer yuzasiga chiqqan qismi qisqarib boradi. Uning tepasi yorug‘lik tushadigan tuynukli bo‘lib, Sardobaga kirish uchun zina va eshiklar o‘rnatilgan. Uning atrofi suvni toza saqlash uchun devor bilan o‘ralgan. Sardoba yonida mollarni sug‘orish uchun bir necha tosh oxurlar quyilib, ularga sopoldan yasalgan tarnovlar – quvurlar orqali suv yuborilgan. Xuddi shunday tarnov orqali suv Raboti Malik saroyiga ham yuborib turilgan.
Sardobaning suv to‘planadigan hovo‘zi tubida suvning saqlanishiga sizot suvlaridan toza turishi uchun qor bilan ishlangan g‘ishtlar terilgan. G‘ishtlar ustidan saksovuldan tayyorlangan pista ko‘mir qatlami tushalib, uning ustidan 3 qavat tuya junidan bosilgan kigiz, so‘ng esa oshlangan 3 qavat mol terisi yopilib, ustidan g‘isht terilib suvab chiqilgan. Bu hol bir necha marta takrorlangan. Demak, pista ko‘mir bilan ishlangan pishiq g‘isht va mol terisi usti maxsus qorishma bilan suvalgan. Bu esa suvning ortiqcha yerga shimilib ketishidan saqlagan.
Sardobaning uchdan ikki qismi yer ostida bo‘lib, uchdan bir qismi yer yuzasidadir. Ayniqsa, sardoba va Raboti Malik o‘rtasidan katta avtomobil magistralining o‘tkazilishi bu nodir qurilish inshootining saqlanishiga ancha zarar yetkazib turibdi.
Sardoba va Raboti Malikda bugungi kunda ta’mirlash ishlariga rahbarlik viloyat hokimligi tomonidan amalga oshirilmoqda. Navoiy viloyat hokimining 1996 yil 9 sentyabrda «Sardoba va Raboti Malik tarixiy yodgorliklarini obodonlashtirish, ta’mirlash va kompleks rivojlantirish to‘g‘risida» qabul qilgan qarorida quyidagi tadbirlar belgilandi: «Yodgorliklar atrofini obodonlashtirish, arxeologik qazilma va ilmiy tadqiqot ishlarini jonlantirish, yodgorlik atrofidagi eski yo‘lni bo‘zish, loyiha asosida sayyohlar uchun yo‘lakchalar, avtomashinalar to‘xtash uchun maxsus maydonlar qurish, «Raboti Malik» choyxonasini qayta ta’mirlash va atroflarini obodonlashtirish, u yerda «Damxo‘ja» suv quvuridan ichimlik suvi shoxobchasi o‘tkazish, yodgorlik majmuasini gazlashtirish va zamonaviy telefon-aloqa tizimi bilan ta’minlash, 200 kishilik mehmonxona, turistlar manzili, mashinalarni yoqilg‘i bilan ta’minlovchi shoxobchalarni vujudga keltirish rejalashtirilgan qarorni amalga oshirish uchun esa Navoiy viloyat hokimligi 1997 yil 19 fevraldagi «Sardoba va Raboti Malik tarixiy yodgorliklarini ta’mirlash va kompleks rivojlantirishni moddiy qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida» gi qarorida viloyatdagi yirik korxona, tashkilotlar, firmalar ta’sischiligida yodgorlik majmuida savdo va ovqatlanish shoxobchalari barpo etish maqsadida «Sardoba» mas’uliyati cheklangan jamiyat to‘zilganligi e’lon qilinib, unda 14 ta’sischi tashkilotning tashabbusi asosida mazkur jamiyatga 15 million so‘m mablag‘ o‘tkazishlari ko‘rsatilgan. Bugungi kunda Raboti Malik va Sardoba tarixiy yodgorliklari to‘liq ta’mirlangan.



Yüklə 75,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin