Kirish. Asosiy qism. Zamonaviy pedago`gik texnologiyalarning ta`limdagi ahamiyati



Yüklə 170,4 Kb.
səhifə12/26
tarix13.06.2023
ölçüsü170,4 Kb.
#129649
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
9-sinflarda-ishqoriy-yer-metallari-mavzusini-oqitishda-zamonaviy-pedagogik-texno (1)

Izotoplari.
Tabiatda bariyning 130Ba, 132Ba, 134Ba, 135Ba, 136Ba, 137Ba, 138Ba ko‘rinishidagi yetti xil barqaror izotopi mavjud. Ular ichida 138Ba eng keng tarqalgan bo‘lib, tabiatdagi umumiy bariy miqdorining 71,66 % ulushini tashkil qiladi. Shuningdek, bariyning uran, toriy, va plutoniyning radioaktiv parchalanishi natijasida paydo bo‘ladigan radioaktiv izotoplari ham ma’lum. Radioaktiv bariy izotoplari ichida nisbatan barqarori 140Ba bo‘lib, uning yarim yemirilish davri 12,7 sutkani tashkil qiladi.
Quyidagi jadvalda xlorning izotoplari haqida ma’lumot keltirilgan.

Izotop

Atom massasi
(m.a.b.)

Yemirilish jarayoni

Yarim yemirilish davri

Yadroviy spini

130Ba

129,9063208

Qo‘shaloq β-yemirilish

1,6(±1,1)⋅1021 yil

0+

132Ba

131,9050613



Barqaror

0+

134Ba

133,9045084



Barqaror

0+

135Ba

134,9056886



Barqaror

3/2+

136Ba

135,9045759



Barqaror

0+

137Ba

136,9058274



Barqaror

3/2+

138Ba

137,9052472



Barqaror

0+

140Ba

139,910605

β

12,752 kun

0+

141Ba

140.914411(9)

β

18,27 daqiqa

3/2−

142Ba

141.916453(7)

β

10,6 daqiqa

0+

Olinishi.
Bariy olishda asosiy xom-ashyo bu 80-95% li barit konsentrati bo‘lib, o‘z navbatida, uni ham barit mineralini flotatsiyalash usuli bilan olinadi. Keyin esa, bariy sulfatni koks, yoki tabiiy gaz orqali tiklanadi.

Keyin esa, qizdirish orqali sulfidni bariy gidroksid Ba(OH)2 gacha gidrolizlanadi, yoki, CO2 ta’sirida erimaydigan bariy karbonati BaCO3 ga aylantiriladi. Keyin esa, qizdirish yo‘li bilan, u bariy oksid – BaO ga aylantiriladi. Bunda, Ba(OH)2 ni 800 ℃ gacha; BaCO3 ni esa 1000 ℃ gacha qizdirish talab etiladi.
Metall bariyni erigan holdagi suvsiz bariy xloridni elektrolizlash usuli bilan olinadi.

Fizik xossalari.
Bariy – kumush rangli oq metall. Keskin zarba ta’sirida qizib ketadi. Bariyning ikki xil allotropik shakli mavjud. Birinchisi α-Bariy deyiladi va 375 ℃ haroratgacha barqaror chidaydi xolos; bariyning ikkinchi allotropik shakli β-Bariy esa, undan yuqori darajalarda ham barqaror bo‘la oladi. Moos shkalasi bo‘yicha qattiqlik ko‘rsatkichi 1,25 ga teng.
Metall bariyni havoda darhol kislorod bilan reaksiyaga kirishib ketadi. Buni oldini olish uchun, uni parafin qatlami ostida saqlanadi.
Kimyoviy xossalari.
Bariy – ishqoriy yer metalli. Havoda u tezkor oksidlanib, bariy oksidi – BaO hamda, bariy nitridi Ba3N2 dan iborat aralashma hosil qiladi. Sal qizdirilishi bilanoq tezkor alangalanib ketadi. Suv bilan juda shiddatli reaksiyaga kirishadi va bariy gidroksidi Ba(OH)2 hosil qiladi:

Bariyning aksariyat tuzlari suvda yaxshi erimaydi, yoki, umuman erimaydi. Lekin, kalsiy sulfid (CaS) dan farqli ravishda, bariy sulfid BaS suvda yaxshi eriydi. Bariyning suvda eriydigan tuzlari orqali, eritmada oltingugurt kislotasining mavjudligini aniqlash mumkin.
Bariy galogenlar bilan yaxshi reaksiyaga kirishadi va galogenidlar hosil qiladi.
Vodorod bilan qizdirilganda, bariy gidrid BaH2 hosil qiladi va o‘z navbatida, u litiy gidrid LiH bilan qo‘shilib, Li[BaH3] kompleksi yuzaga keltiradi.
Bariy orqali, ko‘plab metallarning oksidi, galogenidi va sulfididan, metallning o‘zini tiklab olish mumkin.
Qo‘llanishi.
Metall bariyni alyuminiy bilan qotishma shaklida asosan vakuumli asboblarda, gaz yutuvchi getter sifatida ishlatiladi. Sirkoniy bilan birgalikda bariy metallurgiyada, antikorrozion qo‘shimcha sifatida metallar tarkibiga qo‘shiladi. Bariy titanati esa keramik kondensatorlar tayyorlashda dielektrik sifatida, hamda, pyezoelektrik asboblar uchun ishchi material sifatida qo‘llaniladi. Bariy ftoridni optika sohasida, linza va prizmalar tayyorlashda ishlatiladi. Pirotexnik vositalarga mushakbozlikda yashil rang hosil qilish uchun, bariy peroksidi qo‘shiladi. Shuningdek, suvda erimaslik xossasiga ko‘ra, va odam organizmiga zararsizligi tufayli, bariy sulfat tibbiyotda oshqozon-ichak traktini rentgenoskopik tasvirini olishda qo‘llaniladi.
Biologik ahamiyati.
Bariyning biologik ahamiyati yaxshi o‘rganilmagan. Bu element inson hayot faoliyati uchun muhim bo‘lgan mikroelementlar tarkibiga kirmaydi. Bariyning suvda yaxshi eriydigan barcha tuzlari juda yuqori toksik moddalar bo‘lib, ichakda keskin o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi va atiga bir necha soat ichida o‘limga olib kelishi mumkin.
Bariy tuzlari bilan o‘tkir zaharlanishda odam tanasida juda ko‘p so‘lak kelishi, jig‘ildon qaynashi va og‘izga ichkaridan achchiq suyuqlik chiqib kelishi kabi alomatlar kuzatiladi. Qorin sohasida kuchli og‘riq turadi. Qayt qilish, sanchiqlar, ich ketishi, qon bosimining ortishi, qaltiroq kabi yaqqol simptomlar biroz o‘tib yuzaga chiqadi. Keyinchalik, bemor qo‘l-oyoqlarini va hatto kallasini ham qimirlata olmay qolishi mumkin. Til ketib qolishi, nafas siqishi yuzaga keladi.
Bariyning suvda eriydigan tuzlari bilan o‘tkir zaharlanishda o‘lim bir sutka ichida sodir bo‘ladi. 0,2-0,5 gramm miqdorda bariy tuzlari og‘ir zaharlanishni keltirib chiqaradi. 0,8-0,9 gramm miqdordagi bariy tuzlari dozasi o‘limga sabab bo‘ladi.

Yüklə 170,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin